

Futbolchi jarohatlardan so'ng yana sport formasini tikladi va farg'onaliklarning muhim a'zosi sifatida gavdalandi, yakunda jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Ikrom Aliboev jarohatdan so'ng qaytishi haqida gapirib berdi.
"O'tgan yili shunday paytlarda shunchalik umidsiz edimki, futbolga qanday qaytaman degan hayolda yurardim. Eski jarohatlar qaytalanaverdi. Koreyada to'rtta jamoada o'ynadim. Lekin u erga borsam jarohatim qaytalanaverdi. Balki ovqatlarga bog'liqmi, chunki o'zbek ovqatlariga o'rganganmiz. Shuni ta’siri bo'ldi deb o'yladim. Bu yil O'zbekistonda o'ynadim, jarohat umuman bezovta qilmadi. Yilni boshida qiyin bo'ldi kirishib ketish. Yig'inlar, o'yinlar orqali qaytib oldim. Agar qizil kartochka olmaganimda o'zim uchun rekord qo'ymoqchi edim. Mavsumni yuz foiz o'tkazish, lekin diskvalifikaciya bo'lib qoldi",- deydi Ikrom Aliboev.



