So’nggi yangiliklar

21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  0 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  0 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24

Ikrom Aliboev: “Maqsad – yuqori ligaga chiqish” Yangiliklar

Ikrom Aliboev: “Maqsad – yuqori ligaga chiqish”

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev bugungi kunda Janubiy Koreyaning K2 Ligasi ishtirokchisi “Tedjon Xana Sitizen” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Mavsum yakunlariga ko'ra, uning jamoasi chempionatni 3-o'rinda yakunladi. Xo'sh, Aliboevning kelgusida qanday rejalari bor? SHu haqda uning o'zi malum qildi.

- Yangi jamoamdagi faoliyatim bir maromda kechmoqda, - deya gap boshladi Aliboev. Biz chempionatni 3-o'rinda tugatdik. Endilikda K1 Ligasiga yo'llanma olish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etamiz. Maqsadimiz, ushbu pley-off bahslarida muvaffaqiyatli qatnashmoqchimiz. Jamoamizning asosiy maqsadi kelgusi yilda Janubiy Koreyaning Superligasida ishtirok etish hisoblanadi.

- Ikrom, siz bundan avval “Seul” bilan kuchlilar orasida to'p tepdingiz. Xo'sh, Koreyaning ikki ligasi o'rtasida tafovut bormi?

- Unchalik katta tafovut yo'q. K1 va K2 liga jamoalarining kuchlari deyarli teng. Deylik, “CHonbuk Motors” bilan “Ulsan” klublari boshqalarga nisbatan biroz kuchliroq. Qolganlarning saviyasi deyarli bir xil.

- Jarohatingizdan keyingi holatingizni qanday baholaysiz?

- To'g'risi, jarohatdan keyin sport formamni tiklashga katta etibor qaratgandim. Barchasi joyiga tushib bormoqda.

- “Tedjon” bilan shartnomangiz qachon tugaydi?

- SHartnomam muddati shu yilning dekabrida poyoniga etadi.

- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- Hozirdan biror nima deya olmayman. SHu o'rinda “Tedjon” klubi men bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirishni taklif qilmoqda. Boz ustiga, oldimda boshqa jamoalardan ham yaxshi takliflar tushgan. Hozircha yakuniy qarorga kelganim yo'q. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

- Balki O'zbekistonga qaytishingiz mumkinmi?

- Bunga ham avvaldan biror nima deya olmayman. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика