Ikrom Aliboev “Gamburg” darvozasini ishg'ol etdi
16 jan 2020 22:20
Yangiliklar


Ikrom Aliboev “Gamburg” darvozasini ishg'ol etdi
J.Koreyaning “Seul” hamda Germaniyaning “Gamburg” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik bellashuvi yakunlandi.
O'yinda hisobni 36-daqiqada “Gamburg” yarim himoyachisi Adrian Fayn ochdi. 2-bo'lim o'rtalarida esa seulliklar azosi Ikromjon Aliboev raqib darvozabonini dog'da qoldirib, muvozanatni tikladi. SHu tariqa, o'yinda boshqa hisob o'zgarmadi - 1:1.
Seul (J.Koreya) - "Gamburg" (Germaniya) 1:1 (0:1, 1:0)
Portugaliya, "Albufeyra" o'yingohi.
Gollar: Fayn 36, Aliboev 62
Eslatib o'tamiz, “Gamburg” Bundesliga-2'ning 18 turidan keyin 31 ochko to'plagan holda 2 o'rinda bormoqda. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Seul” esa keyingi nazorat bahsini 18 yanvar kuni CHempionship vakili “Brentford” klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar