So’nggi yangiliklar

13:05"Шеффилд" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   1 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  7 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  4 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  12 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1

Ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan to'purar Yangiliklar

Ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan to'purar

Sarlavhani o'qib, butun dunyo jamoatchiligi etiborida bo'layotgan Jahon chempionati yoki Superliga musobaqasi qaxramonlaridan biri haqida gap ketayotgan bo'lishi mumkin, degan xayolga keldingizmi, aziz muxlis? Yo'q, unday emas!

Meni ilhomlantirgan, qo'limga qalam olishga majbur qilgan to'purar – Pro liga 2022 yil to'purari va hozirda 35 bahorni qarshi olgan, vijdon va or-nomusli Xorazm o'g'loni Ruzimboy Axmedovdir!



Esingizdami, Pro liga musobaqalarining birinchi davrasi davom etayotganda "Buxoro" futbol klubida ichki muhitning yaxshi emasligi to'g'risida turli xil uzunquloq gaplar "bolaladi". Ayniqsa, bu holat Jizzaxda o'tgan "Zomin" – "Buxoro" o'yinida yaqqol bilinib qoldi. Yaratganga shukrki, qahramonimiz mazkur uchrashuvda to'p kiritib, "Buxoro" jamoasiga saviya va o'yin jixati bobida raqobat qila olmaydigan "Zomin"dan g'alaba bilan qaytilishiga hissa qo'shdi. Jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, qolaversa, "Buxoro"ning fan-klubiga azo jonkuyar muxlislarning jamoaga befarq emasligi oqibatida, Superligaga chiqishga munosib Ruzimboy Axmedov sardor, ahil va inoq jamoa shakllantirildi, bazi "o'zi xon, ko'lankasi maydon", "qahramon" futbolchilar bilan xayrlashildi. Klub bayrog'i ostiga yig'ilgan ahil jamoa, garchand turnir jadvalida o'z raqiblaridan ancha ortda (10 ochko) qolayotgan bo'lsalar-da, iroda ko'rsatib, Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olishga erishdi. 

Jamoaning shonli kunlari Buxoroda "Yangier" futbol klubiga qarshi 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshlandi. Mazkur uchrashuvga qadar uzoq yillardan buyon futbol ichida yurgan shaxslar "Buxoro"ni Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishi sarobdan boshqa narsa emas, jamoani Superligaga chiqishda faqat nazariy imkoniyatlari mavjudligi va faqat mo'jizagina "Buxoro" klubini Superliga yo'llanmasiga ega chiqishida yordam berishi mumkin, deb baralla gapirganlarning bugun yuzi shuvut! 



Bugungi kunda o'zbek futbolida o'z mahorati va o'yini bilan muxlislar mehrini qozonayotgan yoshi katta futbolchilar, barmoq bilan sanarli. Jumladan, Jasur Hasanov, Ignatiy Nesterov, Lutfulla To'raev, Marat Bikmaev kabi o'nga yaqin futbolchilarni sanab o'tish mumkin. Ammo men bularning orasidan Pro ligani tanlab, aynan shu turnirda ikki yilda to'purar bo'lib, o'z o'yini bilan muxlislarni xursand qilgan Ruzimboy Ahmedov haqida hikoya qilmoqchiman. To'g'risi, bu mahoratli va tajribali futbolchi haqida ko'plab malumotlarga ega bo'lsamda, u bilan tanishib suxbatlashish baxtiga "Buxoro"ning Superligaga chiqqani munosabati bilan Buxoro shahrida uyushtirilgan bayram tadbirida muyassar bo'ldim. Taassurotlarim juda zo'r, ayniqsa, suhbat asnosida Ruzimboyning bosiqligi, xulq-atvori, adolatli va tarbiyali inson ekanligi diqqatimni tortdi. Ochig'i, ilgari Ro'zimboy to'g'risida raqobatga bardosh bera olmaydigan, jamoada muhit buzilishiga sababchilardan biri sifatida va murabbiy bilan kelisha olmaydigan, ammo gapga chechan yigit deb eshitgandim. Bejiz o'zbek xalq maqollarida "Eshitganinga ishonma, ko'rganingni yarmiga ishon" deb takidlanmas ekan. Men ham eshitganlarim mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmasligi, Ro'zimboy o'zbek futboli uchun nafaqat futbolchi sifatida, balki mutaxassis sifatida ham ancha hurmatga ega insonligiga amin bo'ldim. Ro'zimboy "Buxoro" tarkibida to'p tepgunga qadar mamlakatimizning dongdor jamoalari – "Paxtakor", "Navbahor", "Andijon", "Dinamo" hamda o'zi tug'ilib o'sgan viloyatning "Xorazm" futbol klublarida o'ynaganidan xabarim bor. O'ttiz yillik futbolga muxlislik davrimda bir qancha futbolchilar bilan ko'rishib, ular bilan imkon darajasida suhbat uyushtirganman. Biroq Ro'zimboyday suhbatdosh bilan o'zaro muloqot chog'ida uning o'zini tutishi meni rom etdi. Malumki, futbolchilarning aksariyati 32 yoshdan oshgach jamoa tarkibida ro'yxatda tursada, zaxiraga mixlanib qolib, boshqa maqsadga yaramaydilar. Ammo bu jumlani qaxramonimizga nisbatan ishlata olmayman, chunki u to'g'risida futbolchilik davrida orttirgan jarohatlar sabab butsalarni mixga ilmoqchi bo'lganidan voqifman.



O'tgan mavsum Ro'zimboy futbolchilik faoliyatini Samarqandning "Dinamo" jamoasida "qayta boshladi" va mavsum oxirida Pro liga to'purari bo'lish asnosida "Dinamo"ni Superligaga chiqishiga hissa qo'shgan futbolchi sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Afsuski, qaxramonimizga 2022 yilgi mavsumda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov qo'l ostidagi  "Dinamo" tarkibidan joy topilmadi. O'z navbatida, Ro'zimboy Ahmedov 2022 yilgi mavsum Hakim Fuzaylov qo'l ostida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Buxoro" jamoasida ko'rinish berdi hamda metin irodasi sabab "Buxoro" futbol klubining Superligaga kuchli bo'lib qaytishida ulkan hissasini qo'shdi. Qaxramonimiz joriy mavsumdagi o'yin statistikasiga etibor qaratsak, 27 o'yin, 23 ta to'p! 

Jaloliddin vorisi, Xorazm o'g'loni Ro'zimboy Ahmedovning 35 yoshda Pro liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgani-chi?! Ro'zimboy, seni tarbiyalagan ota-onang, ustozlaringga tashakkur! 



So'z oxirida esa qayd etmoqchimanki, Ro'zimboy Ahmedov singari futbolchilarning ko'payishi yurt koriga, mamlakat shani himoyasiga xizmat qilishi, shubhasiz. Yoshlarga shaxsiy namuna bo'layotgan Ro'zimboy Ahmedovga balli! "Buxoro" futbol klubi muxlislarining suyukli futbolchisi, halol mehnatingga rozi bo'l!

Nodirbek Rustamovich Axmedov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика