So’nggi yangiliklar

11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  1 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  1 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  17 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  4 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  118 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3

Ikkinchi liga. "Dinamo"ga oltin medallar topshirildi Yangiliklar

Ikkinchi liga. "Dinamo"ga oltin medallar topshirildi

O'tgan yili Farg'ona viloyati ikkinchi liga o'yinlari qiziqarli ruhda o'tdi. Viloyat chempionatida Farg'ona shahrining “Dinamo” jamoasi birinchi o'rinni egalladi.
SHu bois mazkur jamoaga 26 yanvar kuni kichik oltin medallarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tushlikdan so'ng shahardagi “Miraj” kafesida bo'lib o'tgan tantanali marosim yuqori suratda o'tdi.

SHu o'rinda avvalo “Dinamo” haqida qisqacha to'xtalib o'tsak, jamoa bundan bir necha yil ilgari “Neftchi” futbol maktabi qoshida takshil topgan. SHu bois tarkibning o'zagi asosan futbol maktab tarbiyalanuvchilaridan iborat. Bundan uch yil oldin tuzilgan jamoa, dastlabki ikki yil homiy bo'lishiga qaramay ikkinchi o'rinni egallagan. “Dinamo” o'tgan yili sahovatpesha insonlarning qo'llab-quvvatlashi natijasida birinchi o'rinni egallab, birinchi ligaga o'tish uchun pulkada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo Toshkentda o'tkazilgan pulka bahslarida jamoa o'z maqsadiga erisha olmadi. O'zbek futbolida o'ziga yarasha xurmat qozongan taniqli sobiq futbolchi Bahrom Haydarov bugungi kunda bosh murabbiy sifatida eng shimarib ishlamoqda. Unga Farg'ona futboli maktabi tarbiyalanuvchisi Xushbek Qosimov yaqindan yordam berayotganini aytib o'tish joiz. O'tgan yili tarkibda yoshlar bilan bir qatorda mohir yarim himoyachi SHerzod Raimjonovning ham o'ynagani, jamoaning o'z oldiga qo'yilgan maqsadiga erishishida birmuncha engli bo'ldi. “Dinamo” bir qator yoshlarni etishtirib berayotgani bilan ham maqtana oladi. Negaki, bu jamoadan har yili kamida 4-5 nafar futbolchi oliy va birinchi liga klublariga uchirma qilinmoqda. Elyor Mamasoliev (“Olmaliq”), Husniddin G'ofurov (“NBU-Osiyo”), Esonjon Fozilov (“NBU-Osiyo”), Jamshid Hoshimov (“NBU-Osiyo”) kabi futbolchilarni misol tariqasida aytish mumkin.  Aytgancha bugungi kunda Serbiyaning “Yavor” klubi sharafini himoya qilayotgan istedodli hujumchi Husniddin G'ofurov ham aynan mana shu “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



O'tkazilgan taqdirlash marosimiga jamoa futbolchilari va murabbiylardan tashqari bir qator taniqli shaxslar ham kelishdi. Xususan Farg'ona viloyat futbol federaciyasidan vakil sifatida Hakimjon Jo'raev, “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Tohir Kapadze, “Neftchi”ning sobiq futbolchilariga aylanib ulgurgan Iqbol Akramov va Aziz Alijonov. SHuningdek taniqli bokschi Muhammadqodir Abdullaev ham “Dinamo”ning tadbiriga qadam ranjida qilgani etiborimizni tortdi.

Marosimning debyuti Tohir Kapadze va Muhammadqodir Abdullaevning so'zga chiqishi bilan boshlandi. Unda dastlab taniqli futbol murabbiyi o'z fikrlarini bildirib o'tdi. – Avvalambor barchangizni viloyat ikkinchi ligasida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritganlaring bilan tabriklayman. Rosti, “Dinamo”ning tashkil etilishi juda ham ijobiy ish bo'ldi. Viloyatimizdagi yosh va iqtidorli yigitlardan tuzilgan jamoa ekanligiga guvoh bo'ldim. Bu borada siz futbolchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelayotgan homiy kishilar va murabbiylarning o'rni beqiyosdir. “Dinamo” o'zining oldiga aniq maqsad va vazifa qo'ygan. Uning niyati jiddiy va uzoqni ko'zlayotgani barchamizni quvontiradi. Ochig'ini aytganda, o'tgan mavsum jamoaning bir nechta o'yinlarini ko'rib, zavqlandim. Farg'ona viloyati futboli doimo iqtidorli futbolchilarga boy bo'lgan. Siz futbolchilarni ham kelajakda o'zbek futbolini dunyoga tanilishida ulkan hissa qo'shishinglarni istardim. Bu borada barchalaringga taniqli futbolchilarimizning yo'lini berishini Yaratgandan so'rab qolaman. Yonimda turgan taniqli bokschimiz Muhammadqodir Abdullaev singari olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etib, mamlakatimiz dovrug'ini bugun dunyoga tanitishinglarni tilayman. Buning uchun ilohm charchamasdan, kecha va kunduz doimo futbol haqida o'ylab, o'z ustingda ishlashni qanda qilmanglar. Nasib qilsa kelgusi yili “Dinamo”ni birinchi ligada ishtirok etishini ko'raylik.



SHundan so'ng Muhammadqodir Abdullaevga ham so'z berildi. – Assalomu alaykum, shu kechaga yig'ilgan barcha sportchilar va uzoq yaqindan kelgan aziz mehmonlar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. “Dinamo” jamoasi bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Bundan men faqat xursandman. Toshkentda o'tkazilgan pulka o'yinlarini ham kuzatdim. Futbolchilar yomon xarakat qilmadi. Ammo hakamlarning ayrim yo'l qo'ygan xatolari evaziga maqsadga erisha olmadik (Zalda biroz kulgu). SHunga qaramay jamoaning o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsadi bor va uni amalga oshirish uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlaymiz degan umiddaman.

Muhammadqodir Abdullaev o'z so'zini yakunlagach, Toxir Kapadzega estalik sovg'asini topshirdi. Yani bokschilarning qo'lqopi shaklidagi suvinerni taqdim etib, ketidan zarbof to'n ham kiydirib extirom ko'rsatdi. Taniqli futbol mutaxassisi bunday etibordan mamnun ekanligini bildirib, klub rivoji uchun murabbiy sifatida imkon qadar qo'ldan kelganicha yordam berishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

Mutaxassislarning fikrlaridan so'ng navbat, futbolchilarga oltin medallarni topshirishga etib keldi. Butun mavsum mobaynida jamoaning maqsadiga erishishi uchun ter to'kkan murabbiylar shtabi va futbolchilarga kichik oltin medallarni Kapadze bilan Abdullaev tantanali ravishda topshirishdi.



Bundan tashqari turli amplualar bo'yicha eng yaxshi o'yinchilarga ham qimmatbaho sovg'alar ulashildi.
Tadbirga tashrif buyurgan xushovoz xonanda Akmal Sadixonov va “Fayz” guruhi o'zining diltortar qo'shiqlari bilan kechani yuqori kayfiyatda o'tishini taminladi. Aytgancha, nafaqadagi podpolkovnik Sotiboldi Haydarov ham so'zga chiqib futbolchilarga tabrik va tilaklarini izhor etdi.  – “Dinamo” jamoasining qo'lga kiritgan faxrli birinchi o'rin bilan chin dildan muborakbod etaman. Biz ham ilgari o'z vaqtida “Dinamo” nomli jamoada o'ynaganmiz. O'g'lim Bahrom Haydarov futbolchilik davrida avtomashina olganida, mahalladagi qo'shnilarimiz bilan birga estalik uchun suratga tushgandik. Oradan yillar o'tib, o'zbek futbolining kelajagi sifatida etirof etilayotgan Abbos Maxstaliev ham huddi biz kabi “Spark” rusumli avtomashinasida dadasi va yaqinlari bilan birga rasmga tushganini yaqinda gazetada ko'rib qoldim. Siz futbolchilarga ham bundanda yaxshi yo'llarni va iliq niyatlarni tilab qolaman. Mashg'ulotlardan keyin ham qo'shimcha ravishda yana o'z ustinglarda mashg'ulot o'tkazishinglar kerak. Buning uchun o'ylaymanki sizlarda barcha sharoitlar mavjud.

Sotiboldi Haydarov singari tadbirga tashrif buyurgan bir qator mehmonlarga Birodar Abduraimovning futbolchilik va shu kungacha bosib o'tgan yo'llari haqida yozilgan kitob sovg'a qilindi. 

Tadbir so'nggida taniqli futbolchilar Iqbol Akramov va Aziz Alijonov ham so'zga chiqib, futbolchilarga kelgusi mavsumda ham omad yor bo'lishini tiladi. Kechani futbolchilar raqs, o'yin kulgu bilan o'tkazishdi va tadbir samimiyat ila xursandchilik bilan yakun topdi.



Husniddin G'OFUROV: “KATTA FUTBOLGA KIRIB KELISHIMDA “DINAMO”NING O'RNI KATTA”

Bugungi kunda Serbiyada faoliyat olib borayotgan G'ofurov bilan bog'lanib “Dinamo” haqidagi fikrlarini so'radik.

- “Dinamo” katta futbolga kirib kelishimda o'ziga xos “tramplin” vazifasini o'tab bergan. Jamoa endi tashkil topayotgan kezlarida borgandim. O'shanda tarkib yangitdan tuzilayotgandi. Lekin shunga qaramay, 1,5 yil ichida bu klubdan bir nechtasi oliy va birinchi liga jamoalariga o'tishgandi. Fursatdan foydalanib, “Dinamo”ning oltin medalni qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Murabbiylar, Bahrom aka Haydarov va Xushbek aka Qosimovga alohida tabrik. O'ylaymanki bu jamoaning kelajagi bor. Albatta kelgusida “Dinamo” birinchi ligaga yo'l oladi va munosib ishtirok etib ko'pchilikni etiborini tortadi.

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика