So’nggi yangiliklar

09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  0 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  1 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  0 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  0 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  2 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  2 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  8 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  9 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  7

Ikkinchi davrada o'zini ko'rsatayotgan murabbiylar Yangiliklar

Ikkinchi davrada o'zini ko'rsatayotgan murabbiylar

Superliganing ikkinchi davrasiga start berilganiga ancha bo'ldi. Hozirgi paytga kelib 20 tur o'tib bo'ldi va yana 6ta turdan so'ng navbatdagi milliy chempionat o'z nihoyasiga etadi.

“Paxtakor” chempionlikni 20-turdayoq nishonladi. Muddatidan ancha avval bosh sovrin qo'lga kiritildi. Bunga sabab “Paxtakor”ning kuchayishi bilan bir qatorda boshqalarning kuchsizlanib qolgani. To'g'ri, “Paxtakor” o'z tarkibiga yaxshi futbolchilarni yig'ib kuchayishga erishdi, biroq o'z navbatida “Paxtakor”ning asosiy raqobatchilari kuchsizlanib ketdi. Masalan, “Lokomotiv” o'tgan yilgi o'yinini yo'qotib qo'ydi, “Navbahor” murabbiy bilan bog'liq muammolarga duch keldi, “Nasaf” hamon yoshlarni tarbiyalash bilan ovora, “Bunyodkor” ham bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti. Lekin bularning hech biri “Paxtakor”ning chempion bo'lganiga bahona bo'la olmaydi. Kuchli jamoa g'alaba qozondi, tan olaylik.

Bugungi maqolamizda “Paxtakor” haqida to'xtalmoqchi emasmiz. Bu jamoa haqida keyinroq batafsil so'z yuritamiz. Hozir esa ikkinchi davrada o'zini ko'rsatayotgan murabbiylar haqida biroz fikr bildirsak. Zero ikkinchi davra start olganidan beri oradan 7ta tur o'tdi, bu esa qisman bo'lsa-da mulohaza yuritish imkonini beradi. Birinchi davrada bo'lgani kabi ikkinchi davrada ham “Paxtakor” bir tekis o'yin ko'rsatishda davom etyapti. Bu jamoa ikkinchi davra boshlanganidan beri faqat yutib kelyapti. Lekin shunday murabbiylar borki, ikkinchi davrada yarq etib o'zlarini ko'rsata boshlashdi. Bu asosan “Buxoro”, “Andijon” va “Qo'qon-1912”da ishlayotgan murabbiylar bilan bog'liq. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz.

ULUG'BEK BAQOEV

Tan olish kerak, Ulug'bek Baqoev kelganidan so'ng “So'g'diyona” katta sakrashni amalga oshirdi. Bu jamoa Sergey Lushan paytida pastga sho'ng'iy boshlagandi. Jamoa Lushan qo'l ostida to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'lgandi. Keyinchalik vaziyat o'zgarib klub rahbari yangi murabbiyni taklif etdi. Ulug'bek Baqoev jamoani qabul qilib olgach, o'yin o'zgara boshladi. Demak, futbolda ko'p narsa murabbiyga bog'liq ekan.

Qizig'i shundaki, “So'g'diyona” ikkinchi davra boshlanganidan beri hali yutqazgani yo'q. Jamoa ettita o'yinda maydonga tushib, shundan to'rttasida g'alaba qozondi va uch bor durang o'ynadi. “So'g'diyona” navbati bilan “Lokomotiv”, “Qo'qon-1912”, “Qizilqum” va AGMK klublarini mag'lub etdi. SHuningdek, “Buxoro”, “Andijon” va “Navbahor” bilan durang o'ynadi. Buni esa albatta Baqoev jamoasi uchun katta natija desa bo'ladi.

Baqoevning yutug'i birinchi navbatda futbolchilar bilan yaxshi til topishib ketgani. U hech kimdan o'zini olmaydi va hamma bilan bir xil gaplashadi. Baqoev o'ta qiziqqon murabbiy va o'yin paytida shogirdlaridan ham bor kuch bilan harakatni talab qiladi. U futbolchi maydonga tushganidan keyin borini berishni xohlaydi. Baqoev “Buxoro”da ham yomon jamoa tuzmagandi, faqat u erda ayrim muammolar pand berdi. Jizzaxda esa o'zi xohlagandek ish olib borish imkoniga ega bo'ldi. Muhimi, bu erda murabbiy ishiga hech kim aralashgani yo'q.



ALEKSANDR XOMYAKOV

O'n yil “Mashal”da ishlagan Aleksandr Xomyakovni birinchi navbatda taktik murabbiy deb bilamiz. Xomyakov qaysi jamoani boshqarmasin futbolchilardan avvalo taktik bexato o'ynashni talab qiladi. Uning fikricha, jamoa hech qachon o'z bilganicha o'ynashi kerak emas, balki murabbiy aytganini bajarishi lozim. Aleksandr Xomyakov 11-turdan “Andijon” jamoasini qabul qilib oldi. O'ylaymizki, bu murabbiy qo'l ostida jamoa o'zgardi va sekin-asta o'z yo'lini topib boryapti.

To'g'ri, Aleksandr Andreevich kelganidan beri andijonliklar birdaniga yutib keta olishmadi. Xususan ketma-ket ikkita mag'lubiyat qayd etildi. Lekin ikkinchi davra omadli boshlandi. “Andijon” dastlabki uchta bellashuvning ikkitasida zafar quchib, bir bor durang o'ynadi. Jamoa ayniqsa Olmaliqda AGMKni mag'lub etishga juda yaqin edi, lekin 2:0 hisobidagi g'alabani saqlab qola olmadi va durang bilan kifoyalandi.

Xomyakov qo'l ostida jamoa ikkinchi davrada ham ketma-ket ikki o'yinda yutqazib qo'ydi. O'z maydonida “Navbahor” va safarda “Paxtakor” klublariga imkoniyatni boy berdi. Undan keyin uyda “So'g'diyona” bilan durang o'ynab, safarda “Dinamo”ni mag'lub etib qaytdi. Faktlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, “Andijon” Aleksandr Xomyakov kelguniga qadar faqat bitta uchrashuvda g'alaba qozongandi. Hozir esa yutuqlari soni uchtaga etdi va jamoa bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Albatta, “Andijon”ning ikkinchi davrada birmuncha yaxshi o'yin ko'rsatishida yangi murabbiy Xomyakovning qo'shayotgan hissasi katta.



TIMUR KAPADZE

“Qo'qon-1912”ning ikkinchi davrada yorqin o'yin namoyish etayotgani sababi bemalol Timur Kapadze nomi bilan bog'liq deya olamiz. To'g'ri, Kapadze zayavkadan o'tmagan va unga licenziya berilmagan. SHunga qaramay “Qo'qon-1912” rahbariyati iltimosiga ko'ra jamoaga yordam berib kelyapti. Kapadze mashg'ulotlarda futbolchilarni shug'ullantira boshlagach, jamoa birdaniga o'zgardi. Birinchi davradagi kuchsiz “Qo'qon-1912”dan asar ham qolmadi. Jamoa birinchi davrada atigi bitta o'yinda g'alaba qozongandi. Lekin hozirgi paytga kelib natijalar nihoyatda ijobiy ko'rinish oldi: oxirgi 5 o'yinda to'rtta g'alaba va bir durang. “Qo'qon-1912” ketma-ket to'rtta uchrashuvda g'alaba qozonadi desa birov ishonmasdi.

Yaxshi murabbiyning ishi baribir tezda ko'zga tashlanadi, vaholanki jamoa o'sha-o'sha. Nomdor futbolchilar ham olingani yo'q. Kapadze Qo'qonda bor tarkib bilan ishlayapti. Ammo uning ishi qisqa fursatda meva berdi. Timur Kapadze birinchi davrada “Loko” o'rinbosarlariga murabbiylik qilib jamoani birinchi o'ringa olib chiqqandi, manda endi “Qo'qon-1912”ni ham yuqoriga ko'tarishga harakat qilyapti. Kapadzeda avvalo ishtiyoq yuqori va o'z ishini sevadi, u doim futbol ichida bo'lishni xohlaydi. Umuman olganda mana shunday murabbiylar ko'paygani maqul. CHunki qancha ko'p yaxshi murabbiy ishlasa, o'yinlar ham shunga yarasha qiziq kechadi.



X.XOLIQOV.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика