Ikki yil deganda Eronda futbol o'yiniga ayollar kirishiga ruxsat berildi
05 okt 2021 10:35
Yangiliklar
Ikki yil deganda Eronda futbol o'yiniga ayollar kirishiga ruxsat berildi
Eron 12 oktyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasisda Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi.
"Yahoo" xabariga ko'ra, ikki yil deganda ilk marta Texrondagi stadionga ayollarning kiritilishiga ruxsat beriladi. So'nggi marta ushbu holat 2019 yilning oktyabr oyida Kambojaga qarshi o'yinda yuzaga kelgandi.
Eronda 1979 yilgi revolyuciyadan keyin ayollarning futbol o'yinlariga kiritilishi taqiqlangandi. Bunga rasmiy sabab sifatida erkaklarning futbol o'yinlari vaqtidagi o'zini yomon tutishi keltirilgan.
FIFA bu borada faqatgina termalarning o'yinlarida ayollarni stadionlarga qaytarish borasida Eronga ko'p marta bosim o'tkazib ko'rdi, biroq bu doim ham qanoatlantirilmadi.
Fikrlar