So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ. Барча учрашувларнинг онлайн ҳисоби битта саҳифада   2 01:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  22 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  1 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  0 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  12 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  48 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14

Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat: Qizni o'tkazib yuborilgan golda ayblashgan, JCHda xatto qirol ularga qarsak chaldi Yangiliklar

Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat: Qizni o'tkazib yuborilgan golda ayblashgan, JCHda xatto qirol ularga qarsak chaldi

Iker Kasilya va Sara Karboneroning muhabbat tarihi va hayot yo'li haqida.

1 may tongida noxush xabar tarqaldi: Iker Kasilyas mashg'ulot payti ko'kragida og'riq his qildi va uni xususiy kasalxonaga olib ketishdi. Diagnoz - yurak huruji. Sport shifokori Domingos Gomesning so'zlariga ko'ra, bunday holatlarda besh daqiqa ko'p narsani hal qiladi. Sara Karbonero turmush o'rtog'ining oldiga shoshildi: U "Instagram" orqali hammani tinchlantirdi (kechga yaqin Iker xatto kulishga muvaffaq bo'ldi) va qo'llab-quvvatlash uchun rahmat aytdi.

Bir necha kundan so'ng Kasilyas uyiga qaytdi, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti, ammo futbolchilik faoliyati yakunlandi.


15 kundan keyin bu oila yana bir dahshatli xabarni eshitdi: Sara Karboneroda rak aniqlandi. Kasallikni erta bosqichda aniqlashdi, may oxirida operaciya o'tkazildi, hammasi yaxshi o'tdi. "Bilaman, buni engib o'tish qiyin, ammo oxiri yaxshilik bilan tugaydi. Oilam, do'stlarim meni qo'llab turishibdi, buning ustiga ajoyib tibbiy jamoa bor" - deydi Sara.


Oldinda uni bir necha oylik kurash va davolanish kutmoqda. Sara va Iker birgalikda o'tkazgan 9 yil davomida JCH-2010dagi taniqdlar, Mourinyuning shubhalari, Kasilyasning "Real"dan ketishini engib o'tishdi. Hozir qiyin davr bo'lishi mumkin, ammo ular qiyinchiliklarni mag'lub etishadi.


Sara va Iker Konfederaciyalar Kubogida tanishishgan

2000-2010 yillar o'rtalarida Iker "Real" va Ispaniya terma jamoasining superyulduzi edi, Toledodan kelgan Sara esa Madrid univesistetida jurnalistlikka o'qirdi. Karbonero uchinchi bosqich talabasi bo'lgan paytda Radio Marcada amaliyot o'tay boshladi, 6 oy o'tib uni ishga qabul qilishji. Sara o'qishining so'nggi yillarida musiqiy ko'rsatuv SuperMarcada boshlovchi bo'ldi  (ha, Marca nashrining musiqiy radiosi ham bor) va bir vaqtning o'zida barcha sport turlarini yoritdi.


Radiodan so'ng Sara bir qancha vaqt Cadana SERda ishladi, 2007 yilda televideniyaga o'tib, sport yangiliklari muharriri sifatida faoliyatini davom ettirdi.

2009 yilning aprel oyida Sara Telecinco (Italiyaning Mediaset kompaniyasiga tegishli xususiy telekanal) bilan muallif va boshlovchi sifatida shartnoma imzoladi. Birinchi muhim missiya - JARdagi Konfederaciyalar Kubogida ishlash. U Ikerni o'sha erda uchratdi.


"Sara "Real" va terma jamoa haqida malumotlar yig'ayotgandi, uchrashuvimiz shunday sodir bo'lgan. Keyin yozishdik va bir kuni muhabbatimiz hikoyasi boshlandi" - deya aytib berdi Kasilyas.

Sara dugonasining aytishicha, avvaliga ularning munosabati telefon orqali rivojlangan, uchrashuvga vaqt etmasdi. Yosh Karbonero qiz o'rtoqlarini tez-tez o'zgartiradigan Kasilyasga ishonmas edi.


Saraning La Sexta telekanalidagi hamkasbi Iker qizni ko'nglidan joy olish uchun juda ko'p harakat qilganini aytib berdi. Jurnalist qizga futbolchi juda yoqardi, ammo u ortiqcha shov-shuvdan qo'rqqan.


Bu juftlik yaralishidagi muhim kun - 2010 yil, 3 fevralda, Saraning tug'ilgan kunida bo'lgan. Jurnalist dugonasi bilan teatrga borishni, keyin esa bayramni restoranda nishonlashni reja qilgandi. Kasilyas rejalar haqida bilib, yarim tunda sovg'a bilan restoranga kirib kelgan. Hammasi o'sha kundan boshlangan.


JCH-2010da Ispaniya terma jamoasi o'tkazib yuborgan golda Sarani ayblashgan

JARdagi JCH-2010ga juftlik birga borishgan, ammo turli rollarda - Iker Ispaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni va sardori sifatida, Sara esa Telecinco muhbiri sifatida. Turnirdan oldin bu qiz ispan jamoasiga halaqit berishi haqida aytishdi, jurnalist esa quyidagicha javob berdi: "Bo'lmagan gap".


Ispaniya birinchi turda SHveycariya bilan o'ynadi. Bahsdan oldin Iker darvozada mashg'ulot o'tkazdi, uning yonida esa Sara mikrofon bilan turib, reportaj tayyorladi.


Uchrashuvga 63 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi, ammo bahs juda og'ir o'tdi - Ispaniya to'pga ko'proq egalik qildi va raqib darvozasi tomon muvaffaqiyatsiz zarbalar berdi. Nuqtani SHveycariya qo'ydi: Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Iker to'pga chiqishda adashdi va gol o'tkazib yubordi. Ushbu gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi.


Bahsdan so'ng Kasilyas Saraga intervyu berib, jamoa juda xafa ekanligini aytdi. Ingliz matbuoti esa o'z voqeaga boshqacha qaradi: The Times muallifi Grem Kili ispan muxlislari mag'lubiyatda Karboneroni ayblagani haqida hech qanday isbotsiz maqola tayyorladi. Yagona dalil: Saytlardagi g'azablangan ishqibozlarning izohlari. Tekstda na sayt va na muxlislarning fikrlari keltirilgan edi.


Boshqa medialar - BBC, The Guardian, The Telegraph bu to'lqinga qo'shilishdi. Deyarli barcha matnlarda nomi oshkor qilinmagan ispan muxlislarining so'zlari mavjud edi. "Ispaniyadagi ko'pchilik terma jamoa mag'lubiyatida Sara Karboneroni aybladi" - The Guardian matnidan parcha.

Ispaniyada esa hammasi aksincha edi: El Mundo, El Pais va Marca The Times reportajini ahmoqona deb atadi.


Jonli efirdagi bo'sa. Qirol va uning xotini qarsak chalishdi


Ingliz mediasining o'zini oqlamagan yangiliklari juda katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Ammo bu na Iker va na Sarani sindirdi. Ispaniya terma jamoasi bundan keyin birorta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi va o'z tarixida birinchi marta jahon chempioni bo'ldi.


Gollandiyaga qarshi afsonaviy bahsdan so'ng yana o'sha dekoraciyalar paydo bo'ldi - Sara Ikerdan intervyu oldi. Bu safar Kasilyas xotirjam edi va u suhbat o'rtasida jurnalistning gapini bo'ldi. Sevgan qizidan bo'sa oldi.

Bu bo'sa va Inestaning goli - JCHdagi eng esda qolarli vaziyatlar bo'ldi!


Iker bo'sa bilan nuqta qo'ydi. "Orqa fonda hozirgi ispan monarxlaridan qarsaklarni eshitish mumkin edi! Bu Filipp va Letisiya (Ispaniyaning amaldagi qiroli va uning xotini)ga yoqdi!" - deya xotiralarni yodga oldi Kasilyas.


Ispaniyaning JCHdagi g'alabasidan so'ng Angliya bosh vaziri o'rinbosarining xotini Nika Klegga The Times nashriga murojaat qildi. U asli kelib chiqishi ispaniyalik bo'lgani uchun gazetadan tushuntirish talab qildi. Muharrir Jeyms Xarding o'zini oqlay boshladi - xato yo'q, muallif bazi ispan muxlislarining fikrini qolganlarga etkazgan.


Ikerni "Real" haqida malumotlarni Saraga "sotish"da shubha qilishdi

2010 yilda "Real"ga Joze Mourinyu keldi, Kasilyasga ushbu tanlov yoqdi: "Mourinyu - ideal murabbiy. U doimo yuzga gapiradi, hech narsani yashirmaydi".


Biroq mavsum boshlanishi bilan ularda kelishmovchiliklar yuzaga keldi, ammo munosabatlar chegaradan chiqmadi. Asosiy muammo - "Barselona"ga qarshi bahslar. Bu uchrashuvlar Joze uchun urushdek gap edi. Mourinyu davrida "El-Kassiko"lar doimo janjal va mushtlashuvlar bilan yakunlanardi. Bu Ikerga yoqmadi. "Barselona"ning bazi futbolchilari bilan muloqot qilish munosabatlarimizni yomonlashtirdi". Mourinyu meni sotqin deb o'ylardi. Kaminani tanqid qilishdi, ammo men shunchaki o'z jamoam va ispan futbolini himoya qilishga urindim".

2013 yilning qishida munosabatlar yomonlashdi, o'sha mavsum ispaniyalik uchun muvaffaqiyatsiz o'tdi. 24 yanvar kuni Marca "Real" sardorlari Kasilyas va Ramos Florentino Peres bilan uchrashgani haqida insayd elon qildi. O'sha xabarda, futbolchilar prezidentga ultimatum qo'ygani, jamoani ular yoki Mourinyu tark etishi haqida aytilgan. Bu shov-shuvli yangilikdan so'ng Peres matbuot anjumani o'tkazib, mish-mishlarni rad etdi.


Bir necha haftadan so'ng Sara TVda "Real"dagi atmosfera yomonligi haqida malum qildi. Kasilyas bu gaplar vaziyatni yanada og'irlashtirganini tan oldi, chunki u shubha ostida edi. "Sara kiyinish xonasidagi muammolar haqida malum qildi, aynan shu sababli menga hujum qilishdi. O'ylashimcha, sevgilim boshqa jurnalistlar aytganini takrorladi. Mourinyu menga Saraning so'zlari haqida hech narsa demadi, ammo munosabatlarimizdagi o'zgarishni sezish oson edi".


2013 yilning yanvarida Iker qo'lidan jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi, shundan so'ng "Real" Diego Lopes bilan shartnoma imzoladi. "Jarohat olganimdan ikki hafta o'tib, meni sotqin va kalamush deya boshlashdi. Biroq bu nomga mos ish qilmadim deb o'ylayman. Buni muhokama qilish kerak edi, ammo jim yurishga qaror qildim. Ko'pchilik aynan shu sababil meni tanqid qildi. Lekin olovga moy quyishni istamadim".


Iker oyoqqa turdi, ammo Mourinyuning tarkibiga qaytmadi. U kelasi mavsum, Anchelotti kelganidagina asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Ammo hammasi avvalgidek emas edi. 2015 yilning yozida Iker "Real"dan ketishin elon qildi. "Xotinim va o'g'lim men bilan birga yangi davrni boshlashadi" - degandi Kasilyas ko'zida yosh bilan.


Yashirincha o'tkazilgan to'y va barbekyu

Sara va Ikerning birinchi farzandi 2015 yilning yanvarida tug'ildi. Madriddagi tug'riqxonada dunyoga kelgan bolaga Martin deb ism qo'yishdi. "Qorbobodan eng yaxshi sovg'ani bolaligimda emas, 32 yoshligimda olishimni kim o'ylabdi deysiz? Dunyoga xush kelibsan Martin" - deya xursand bo'lgan Kasilyas.

Martin ikki yoshga to'lganida, Kasilyas "Real"ni tark etganidan bir yil o'tib Iker va Sara turmush qurishdi. Yashirincha o'tkazilgan marosim 20 mart kuni Boadilya-del-Monte cherkovida bo'ldi: U erda faqat Iker, Sara, ularning farzandi va ikki guvoh bor edi.


"Bazi do'stlarimizni uyga taklif qilib, barbekyu tashkillashtirdik. Suratlar bor, ammo ularni biror kishiga ko'rsataman deb o'ylamayman. Esdalik uchun rasm. To'y haqida hech kimga aytmaslikni reja qilgandik, ammo bilib qolishdi" - deya tushuntirdi Kasilyas.


Ular Portugaliyada tinchlikni qadrlashadi

Sara Ispaniyada eng ko'p maosh to'lanadigan jurnalist edi. 2012 yilda uning telekanallar, media reklamalardagi umumiy daromadi 600 ming evroni tashkil qildi.


Iker "Portu"ga o'tganida, Sara TVdan ikki oylik tatil oldi va eri bilan Portugaliyaga ko'chib o'tdi. "Portu"da hammasi yaxshi. Hayotimiz Ispaniyadagidan farq qiladi. Yaqinlarimizni sog'inamiz, bazida ularni ko'rgani borib turamiz" - deydi Karbonero.

Juftlik Doru daryosi oldidagi tinch uyga joylashishdi. Kvartirada bir nechta yotoqxona, vanna xona, katta basseyn va daryoga qaragan katta ayvon bor edi. Oylik ijara narxi - 6000 evro, uy 2 mln. evroga baholangan.


2016 yilda Sara ikkinchi o'g'li - Lukasni dunyoga keltirdi, bir yil o'tib tatilni yakunladi va yana ishga qaytdi.

U turli faoliyatlar bilan shug'ullanadi: Elle Spain uchun hayot tarziga oid matnlar yozadi (Masalan, Portudagi kafelarni tavsiya qiladi), shaxsiy blogini yuritadi, reklama shartnomalaridan pul topadi va o'zining kiyim-kechak brendiga ega. SHu bilan birga Cuatro uchun videoformatda sportchi qizlardan, "Selta" hujumchisi Yago Aspasdan, tennischi David Ferrer va xatto sport direktori Monchidan intervyu oladi.

Oila doimo Ikerning g'alabasiga ishongan, hozir esa hayotdagi muvaffaqiyatdan umid qilishmoqda. Sara esa quyidagi satrlarni yozib, kasallikni engib o'tishga harakat qilmoqda:

"Bir kuni bo'ron yakunlanadi va unda qanday jon saqlaganingni eslaysan. U yakunlanganiga ishonmay qolasan. Ammo bir narsaga shubha yo'q: Bo'rondan chiqsang, bu bo'rondan avvalgi odamga aylanmaysan. CHunki butun mano shunda edi".

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика