Iker Kasilyas: "JCH-2014da Ispaniya darvozasini kim qo'riqlashini bilmayman"
20 dek 2013 12:47
Yangiliklar


Iker Kasilyas: "JCH-2014da Ispaniya darvozasini kim qo'riqlashini bilmayman"
"Real" va Ispaniya terma jamoasi posboni Iker Kasilyas 2014 yilgi mundial haqida gapirishga hali erta ekanligini aytib o'tdi.
– Hozir Jahon chempionati haqida gapirishga erta, – deydi Kasilyas Marca nashriga. – Hali musobaqagacha ancha vaqt bor. Ispaniya terma jamoasining asosiy posboni kim bo'lishini bilmayman. Balki men, balki boshqasi. Futbolda barcha narsa juda tez o'zgaradi, shu bois biz kutmagan holatlar ham bo'lishi mumkin.

Fikrlar