Ikardi "Inter"dan rasmiy tushuntirish talab qilyapti
09 mar 2019 15:38
Yangiliklar


Ikardi "Inter"dan rasmiy tushuntirish talab qilyapti
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi o'z klubidan bir narsani talab qildi va agar shart bajarilsa maydonga tushishga tayyorligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Ikardi 13 fevraldan beri "Inter" safida maydonga tushmayapti. Aynan o'sha kuni futbolchidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgan edi.
Malumotlarga ko'ra, Ikardining yangi huquqshunosi "Inter" direktori Juzeppe Marotta bilan bir nechta uchrashuv o'tkazdi. Argentinalik forvard mashg'ulotlarga qaytish uchun klub rahbariyatiga o'z shartlarini elon qildi. SHartlar orasida quyidagi bandlar mavjud:
- Klub futbolchining imijini tiklab berishi lozim
- Spalletti aniq tushuntirishlar orqali Ikardi nega sardorlik bog'ichidan ayrilganini malum qilishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar