Ikardi 9 ta o'yindan so'ng, yana "Inter" mashg'ulotlariga qaytdi
26 mar 2019 23:51
Yangiliklar


Ikardi 9 ta o'yindan so'ng, yana "Inter" mashg'ulotlariga qaytdi
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
26 yoshli forvard 13 fevraldan beri maydonga tushmay kelyapti. O'sha kuni argentinalikdan jamoa sardori bog'ichi olib qo'yilgan va darvozabon Samir Handanovichga ishonib topshirilgan edi.
"Inter" Ikardisiz 9ta uchrashuv o'tkazdi. Rasmiy sabab sifatida futbolchining tizzasidan olgan jarohati keltirilmoqda. Navbatdagi bahsni "Inter" jamoasi Rimning "Lacio" klubiga qarshi o'tkazadi. A Seriyaning 29-tur markaziy uchrashuvi 31 mart sanasida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar