Iguain agressiv harakatlari uchun to'rt uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi
05 apr 2016 17:31
Yangiliklar
Iguain agressiv harakatlari uchun to'rt uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi
Italiya futbol federaciyasi "Udineze"ga qarshi uchrashuvdagi (1:3) agressiv harakatlari uchun "Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguainni to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qildi.
Bahsning 75-daqiqasida argentinalik to'psiz xolatda raqib himoyachisi Felipega zarba berdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bundan so'ng u hakamni va ikkala jamoa futbolchilarini turtkilay boshladi. Kiyinish xonasiga borgunicha u hammaga baqirishga ulgurdi.
Neapolliklar ustozi Mauricio Sarri hakamlarning qaroridan norozi bo'lgani uchun bir uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.
Fikrlar