So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  24 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

Igor SHkvirin: "Turnir jadvalining quyi qismida raqobat keskinligini inobatga olsak, ochko yo'qotishimiz alamli" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Turnir jadvalining quyi qismida raqobat keskinligini inobatga olsak, ochko yo'qotishimiz alamli"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Turon" (2:2) uchrashuvidan so'ng yaypanliklar bosh murabbiyi Igor SHkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.





"O'yin kurashlarga boy o'tdi, deya olaman. Derbiga mos uchrashuv bo'ldi. Menimcha yaqin tarixda bunday shiddatli derbi bo'lmagandi. O'z futbolchilarimga etirozim yo'q. Natija esa qoniqarli. Ayni paytda turnir jadvalining quyi qismida keskin raqobat kechmoqda. SHu bois bunday vaziyatda ochko yo'qotish alamli albatta. Agarda raqib birinchi bo'limda yoki biz vaziyatlardan foydalana olganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Abdulazizxon Abdurashidov qoidani buzmaslik haqida ko'rsatma beryapmiz. Bugun yana jarimadan to'p o'tkazdik",- deydi Igor SHkvirin.

- Darvozabonning o'yinidan qay darajada qoniqdingiz? Bugun "Turon" posboni ko'plab texnik xatolarga yo'l qo'ydi...

- Qoniqdim yoki qoniqmadim, bu haqida biror narsa deyish qiyin. Birinchidan to'g'ri u xato qildi. "Qo'qon-1912"ning golida xatoga yo'l qo'ygani qoniqtirmadi. Buning ustida ishlashi kerak. Umuman olib qaralganda masalan "Qizilqum"ga ham standartdan gol urishmoqda. Bu - futbol. 

- Jamoaga ochko kerak bo'lgan o'yinda nima uchun boshlang'ich tarkibda bitta ham hujumchi maydonga tushmadi? Humoyun Murtazoevni zaxiradan bo'lsa ham o'yinga qo'shilmagani nima bilan bog'liq?

- Etiboringiz uchun hujumda Ixtiyor Toshpo'latov o'ynadi. U yarim himoyachi? Buni sizga kim aytdi? Ushbu futbolchi "So'g'diyona"da ishlaganimda hujumchi sifatida o'ynagan. Unda universallik bor. So'nggi ikki yilda "Metallurg"da boshq poziciyada o'ynagan bo'lishi mumkin. Humoyun Murtozaev hali tayyor emas. Hujumchida moslashish jarayoni kechmoqda. SHu bois Toshpo'latovni hujumchi sifatida sinab ko'rdik. Keyin Kim Bo Yongni tushirdik. SHunday ekan ikkita hujumchi bilan o'ynadik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика