Igor SHkvirin: "Oliy ligada "Barselona" yoki "Bavariya" ishtirok etmaydi"
16 iyu 2016 23:44
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Oliy ligada "Barselona" yoki "Bavariya" ishtirok etmaydi"
"Andijon" - "Olmaliq" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Safardagi birinchi g'alabadan xursandman. G'alaba bizga kerak edi. O'yinda juda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib safida Yovanovich va Berdiev kabi kuchli hujumchilar bor edi. Ikkinchi bo'limda "Andijon" hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi. Tojiev jarohat olgan, Inomov va Vagapovda ham jarohat bor. SHu bois tarkibda o'zgarishlar bo'lmoqda. "Andijon" ruhiy o'raga tushib qolgandek tuyulmadi. Jamoa hali o'z so'zini aytadi. Doim ham murabbiyni almashtirish foyda keltiravermaydi, albatta buni rahbariyat hal qiladi. Oliy ligada "Barselona" yoki "Bavariya" ishtirok etmaydi. SHu bois har qanday jamoaga qarshi o'ynab uni mag'lub etish mumkin", - deydi SHkvirin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar