Igor SHkvirin: “Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q”
11 iyu 2014 08:31
Yangiliklar
Igor SHkvirin: “Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q”
O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qildi va dastlabki bellashuv 2:2 hisobida yakun topdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor SHkvirin quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
- O'yin Kubok bahsiga xos tarzda kechdi, oliy liga uchrashuvidan farq qildi. Birinchi taymda ayniqsa himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Futbolchilar nimadan qo'rqishdi, hayronman. Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor” jismoniy jihatdan charchab qoldi, bu esa bizga qo'l keldi. Natijada oxirgi daqiqalarda to'p kiritib, durangni taminlay oldik.
- Asosiy tarkibda Zafar Polvonov, SHerzod Hakimov kabi hujumchilar maydonga tushmaganining sababi nimada?
- Ketma-ket ikkinchi o'yinda nominal hujumchisiz to'p suryapmiz. O'z maydonimizda “Buxoro” bilan o'ynaganimizda tarkibda hujumchilardan birgina SHarif Mirzaev bor edi. Bugun esa zaxiradan SHerzod Hakimovni tushirdik. Polvonov jarohat olgan va hozir davolanmoqda. Hakimovni maydonga tushirayotganda qanotlardan hujum qilamiz, gol urishing kerak deb alohida tayinladim. U esa aytganimni qildi va gol urdi.
- Ikkinchi taymda shogirdlaringiz ancha jonlanib qolishdi. Bu sizning ko'rsatmangiz bo'ldimi yo futbolchilarning o'zi tushunib etdimi?
- Men tanaffusda tezlikni oshirish kerakligini aytdim, xolos. Qolaversa, Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q.
- O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning aybi bormi?
- Birinchi golga etibor beraylik, “Bunyodkor” hujumchisi juda yaxshi sakrab gol urdi. Men o'sha hujumchi bosh bilan yaxshi o'ynay oladimi yo'qmi, unchalik bilmayman. Lekin himoyachimiz Stanoevich to'pni qaytarib yuborsa bo'lardi. Ikkinchi gol rikoshet holatida kiritildi va bu golda darvozabonni ayblash noto'g'ri.
- “Olmaliq” oldiga Kubok o'yinlarida qanday vazifa qo'yilgan?
- Kubok finali qaerda bo'lib o'tadi? Olmaliqdami? Reglamentda final neytral stadionda o'tkaziladi deyilgan. SHunday ekan, maqsadimiz neytral maydonda o'ynash deya olaman.
X.Xoliqov yozib oldi.

Fikrlar