So’nggi yangiliklar

19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  0 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  16 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  1 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  3 15:38Роналду – энг яхши!  26 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10

Igor SHkvirin: "Jamoamizga hujumda tajriba etishmadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Jamoamizga hujumda tajriba etishmadi"

Coca-Cola Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Turon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. Aytish joiz bo'lsa, o'yin sifati tomonidan yutqazganimiz yo'q. Birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga ikkita gol urishimiz mumkin edi. Yuz foizlik ikkita golli vaziyatdan foydalana olmadik. Bu albatta o'zimizning xato bo'ldi. 

"Qizilqum"da 2 ta vaziyat bo'ldi, ular bundan unumli foydalanishdi. Bizda Elgusha Grigalashvili kabi o'z imkoniyatidan foydalanib ketadigan futbolchi etishmadi. Raqib hujkmchisi 2 ta imkoniyatdan 2 ta gol urdi. Raqibni yutish uchun o'z imkoniyatingdan foydalanishing kerak, bundan boshqa yo'li yo'q. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz, biz mezbonlardan ko'ra ko'proq hujum tashkil etdik. Bizga ozgina mahorat etishmadi. 

- Ixtiyor Toshpo'latov imkoniyatlaridan foydalana olmaganiga munosabatingiz qanday?

- Aytib o'tdim, bizga mahorat etishmadi. Demak bizda Grigalashvili kabi futbolchi yo'q ekan. Ular imkoniyatlaridan foydalanishdi, biz esa yo'q.

- Jamoadagi hozirgi xolat qanday?

- Klub rahbariyati jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Oldimizda o'yinlar bor, nasib bo'lsa zimmamizdagi vazifani uddalashga harakat qilamiz. Hozir bizga omad etishmayapti. Lekin oldindagi o'yinlarda omad va g'alaba biz tomonimizda bo'lishiga umid qilamiz. Bizni uzoq yo'l bosib kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика