Igor SHkvirin: "G'alabani birinchi ustozimning xotirasiga bag'ishlayman"
27 apr 2014 10:00
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "G'alabani birinchi ustozimning xotirasiga bag'ishlayman"
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Igor SHkvirin qatnashdi.
Igor SHkvirin ("Olmaliq" jamoasi bosh murabbiyi): O'yin ancha keskin va asabiy ruhda o'tdi. Futbolda 1:0 hisobi qaltis hisoblanadi. Birgina xato seni g'alabadan mahrum etishi mumkin. Bu bahsda bizga raqib bo'lgan jamoa har tomonlama shakllangan va tajribali futbolchilarga ega ekanligini o'yin davomida isbotlashdi. Yaratilgan vaziyatlardan yanada unumli foydalanganimizda, so'nggi o'n daqiqa davomida qiyin vaziyatga tushib qolmasdik. Bugun o'yin arafasida bir noxush xabar meni xafa bo'lishimga sabab bo'ldi. Futbolda shu darajaga etishimda va meni katta futbolga qadam tashlashimga sababchi bo'lgan ustozim Vagif Rustamov olamdan o'tdi. Bugungi g'alabani o'zbek futbolida o'zini salmoqli hissani qo'shgan marhum ustozimni porloq xotirasiga bag'ishlayman.

Fikrlar