So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Igor SHkvirin: “Birinchi bo'limdagi xatolarni, ikkinchi bo'limda to'g'irladik” Yangiliklar

Igor SHkvirin: “Birinchi bo'limdagi xatolarni, ikkinchi bo'limda to'g'irladik”

O'yindan keyin “Olmaliq” ustozi bahs haqida o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.
-Ikki yildan buyon biz Qarshida ham, Olmaliqda ham “Nasaf” bilan durang o'ynayapmiz. Garchi har ikkala jamoa ham faqat g'alaba uchun harakat qilsada, hozircha so'nggi ikki mavsumda bu ishni hech bir jamoa uddalay olmayapti, -deya gap boshladi Igor Anatolievich. -Agar chempionatdagi barcha o'yinlar bugungisi kabi shiddatli davom etganida, o'ylaymanki, bu futbolimiz rivoji uchun salmoqli hissa bo'lardi.

 

-Bugun biz jamoangiz ishtirokida ikki xil bo'limga guvoh bo'ldik. Birinchisida “Nasaf” yaqqol ustunlik qildi. Hatto yirik hisobda oldinga chiqib olishi ham mumkin edi. “Olmaliq” esa ikkinchi bo'limda ko'plab hujumlar qildi va oxir oqibat durangga erishdi...

-Haqiqatan ham biz birinichi bo'limda hujumchisiz harakat qildik. SHunga qaramay, qanot yarim himoyachilarimizga imkon bo'lganida oldinga o'tishlariga ko'rsatma bergandik. Ammo tanaffusda yigitlarga bu mavsumning oxirgi o'yini ekanligi va o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz lozimligini uqtirdik. Birinchi bo'limda yo'l qo'ygan xatolarimizni, ikkinchisida to'g'irlashga erishdik. Agar hakamning xatosi bo'lmaganida, menimcha, hisob boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Umuman olganda, mavsumni 6-o'rinda yakunlab, turnir jadvalimizdagi holatdan  u qadar qoniqish hosil qilmagan bo'lsakda, xursand qiladigan tomoni bizda shakllanib kelayotgan jamoa bor. SHu o'rinda bugungi raqibimiz “Nasaf” jamoasinni chempionatning bronza medali bilan tabriklayman. Ular yangi mavsumni xalqaro maydondagi uchrashuv bilan boshlashadi. Ularga omad tilayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика