Igor Sergeev 108 kundan so'ng gol urdi (+video)
16 okt 2016 13:00
Yangiliklar
Igor Sergeev 108 kundan so'ng gol urdi (+video)
Xitoy Superligasining 27-turidan o'rin olgan "CHanchun Yatai" - "Beyjing Goan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 18-daqiqasida mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev gol urib hisobni ochdi. SHunday qilib, Sergeev 3 oy 16 kun (108 kun) davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi. Futbolchi "Beyjing Goan" safidagi dastlabki golini aynan bugun urdi. So'nggi marta hujumchi 30 iyun kuni oliy liga doirasida "Paxtakor" safida "Obod"ga qarshi o'yinda to'p kiritgan edi.
Mezbonlar safida Anzur Ismoilov, mehmonlar safida Sergeev bilan birga Egor Krimec asosiy tarkibda maydonga tushishdi va to'liq harakat qilishdi.
"CHanchun Yatai" - "Beyjing Goan" 2:1
Gollar: Feng Ksiadong 24, Marselo Moreno 47 - Igor Sergeev 18
Videoni Telegramdagi rasmiy sahifamizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM
Fikrlar