Igor Golban: "Eng asosiysi uch ochkoga ega bo'ldik"
03 may 2016 09:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206762_original.jpg)
![](/upload/storage/206762_220.jpg)
Igor Golban: "Eng asosiysi uch ochkoga ega bo'ldik"
“Navbahor” – “Obod” uchrashuvidan so'ng “lochinlar” himoyachisi Igor Golban o'yin to'g'risida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Lekin nima qilgan taqdirda ham o'z kuchimizni ko'rsatib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qolganimiz albatta o'yinimizga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. SHunga qaramay yana gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'lgandi. Eng asosiysi uch ochkoga ega bo'ldik. Rostini aytsam uchrashuv biz uchun omadli keldi. Uchrashuvdan avval qanday hisobni kutgandim? Buning ahamiyati yo'q edi. CHunki bizga birinchi navbatda yutuq kerak edi xolos. Keyingi uchrashuvda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi rossiyalik legioner.
"Navbahor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar