Ignatiy Nesterov yubiley 400-uchrashuvini o'tkazdi
12 iyu 2018 21:13
Yangiliklar
Ignatiy Nesterov yubiley 400-uchrashuvini o'tkazdi
Superliga 13-tur uchrashuvlari doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan bahs Nesterov uchun yubiley o'yin sifatida futbolimiz tarixiga kirdi.
17 yoshida debyut o'yinini o'tkazgan Ignatiy Nesterov 400lik marrani zabt etgan dastlabki darvozabonga aylandi. U 400 ta o'yindan 215 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Tajribali darvozabon shu paytga qadar hakamlar tomonidan 12 marta ogohlantirilgan. SHuningdek, bir marta qizil kartochkaga ham “loyiq ko'rilgan”.
Takidlash joizki, Ignatiy Nesterov hozirga qadar “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009– 2013) jamoalari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan boshlab esa “Lokomotiv” darvozasini qo'riqlab kelmoqda.
Superliga 15-turi doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv” – AGMK uchrashuvi starti oldidan Ignatiy Nesterovga Professional Futbol Ligasi tomonidan maxsus esdalik sovg'asi topshirildi.
Fikrlar