So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ignatiy Nesterov: "Avstraliyaga qarshi o'yinda maydonda haqiqiy jang bo'ladi" Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: "Avstraliyaga qarshi o'yinda maydonda haqiqiy jang bo'ladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avstraliyaga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarning kayfiyati alo darajada. Bu o'yin har ikki jamoa uchun ham birdek muhim. Pley-offda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Raqibimiz kuchli jamoa, ammo biz g'alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Qatar-2011da Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatni men allaqachon esdan chiqarib bo'lganman. Bu yoqimsiz xotira, futbolda xotiralar bilan yashamasdan, oldinga qarab intilish zarur. Bu safargi o'yin biz uchun ijobiy natija bilan yakuniga etishiga umid bildiryapman. Maqsadimiz ko'p gol kiritish emas, har qanday hisobda bo'lsa ham g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olish. Yaponiyaga qarshi o'yin videoyozuvini birgalikda tomosha qildik, xatolarimizni ko'rib chiqdik.

Ochig'ini aytadigan bo'lsam, Yaponiyaga qarshi o'yin biz uchun juda muhim bo'ldi. Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Endi mana shu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, Avstraliyaga qarshi o'yinda maydonda haqiqiy jang ko'rasiz", - deydi Nesterov.

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика