So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Igaloni MYUga o'tishga undagan hodisa haqida yurakni o'rtaydigan hikoya Yangiliklar

Igaloni MYUga o'tishga undagan hodisa haqida yurakni o'rtaydigan hikoya

Odion Igalo "Manchester Yunayted"ga o'tishi azaliy orzusi bo'lganligini va buni opasi Meri ko'ra olmaganligi haqida yig'lab gapirdi.

Igalo "Manchester Yunayted" libosidagi ilk o'yinini dushanba kuni "Stemford Brij"da "CHelsi"ga qarshi o'yinda o'tkazishi mumkin.

Biroq buni "Yunayted"ning ashaddiy muxlisi bo'lgan, o'tgan yilning dekabrida 43 yoshida vafot etgan uning opasi ko'ra olmaydi.

Igalo butsalariga opasining ismini yozdirgan va uning ismi tushirilgan "Yunayted"ning oq libosini kiyib olishga tayyorlanmoqda.

Undan tashqari, nigeriyalik hujumchi uradigan har bir golini onasi kabi mehribon bo'lgan Meriga bag'ishlaydi.

"Hissiyotlarga cho'myapman, uni eslayapman. Uni boshqa ko'ra olmayman. U meni bir umrga tashlab ketdi", - dedi Igalo.

"Bazida bir o'zim qolaman va uni o'ylayman. Yuragim eziladi. Og'riq paydo bo'ladi. Yashagim kelmay qoladi".

"Egizak opam Axere har doim qo'ng'iroq qilganida, yig'lab doimo uni eslayotganini aytadi. Bir o'zim qolib ketganimda, hech kim menga qaramayotganida yig'layman. Ko'nglim yumshab ketaveradi".

"Bu juda og'riqli yo'qotish men uchun. Biroq doimo kuchli bo'lishga intilaman".

Meri bolalarini maktabga olib borishga tayyorlanayotganida birdaniga yuragi xuruj qilib qoldi.

"Og'riqli lahza. U shunchaki xushini yo'qotdi... Bolalari tez yordamni chaqirguncha hayotdan ko'z yumdi. SHifokorlar kelib esa uni hayotga qaytarishga intilishdi. Kech edi. Men opamdan ayrilib bo'lgandim"

"U bizning katta opamiz bo'lsa-da, barchamiz uchun onamizdek edi"

"Kichkinaligimda u men haqimda doimo qayg'urardi. Barchamiz baxtiyor ekanligimizni aytib erkalardi, barchasi yaxshi derdi".

"Opam "Yunayted"ning ashaddiy muxlisi edi. Barchamiz "Manchester Yunayted"ning o'yinlarini ko'rib katta bo'lganmiz va birgalikda muxlislik qilganmiz".

"Merining turmush o'rtog'i "CHelsi", bolalari "Manchester Siti" va "Liverpul"ga muxlislik qilishsa ham, u "Yunayted"ga sodiq qolgandi".

"Yunayted"ga o'tganimda esa..... U buni ko'rmayapti. Alam qilyapti...".

"Bilaman, u osmonlardan menga tikilib turibdi va har kuni meni qo'llab-quvvatlaydi. SHu boisdan uning nomi tushirilgan butsalar bilan o'ynayman. SHu orqali u mening yonimdaligini his qilaman. Albatta, u mening yonimda va qalbimda bo'lib qolaveradi".

"SHu ondan boshlab to faoliyatimni yakunlagunimcha urgan har bir golimni u va Xudoga bag'ishlayman".

"Uning nomini oq libosga yozdirishdan maqsadim - u men bilan hamrohligini butun dunyoga ko'rsatmoqchiman".

"U ham meni "Old Trafford"da o'ynayotganimni ko'rib, barchamiz qilgan niyatlarimiz ushalganini ko'rishini va his qilishini istayman".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика