Igalo MYUdagi ilk golini urdi va uni vafot etgan opasiga bag'ishladi
28 fev 2020 02:05
Yangiliklar
Igalo MYUdagi ilk golini urdi va uni vafot etgan opasiga bag'ishladi
Ayni daqiqalarda, Evropa Ligasining 1/16 bosqichidan o'rin olgan MYU hamda “Bryugge” o'rtasida javob uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Bahsning 34-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Odion Igalo jamoadoshi Xuan Mataning uzatmasidan keyin to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Igalo ushbu golini o'tgan yili olamdan ko'z yumgan opasiga bag'ishladi.
Aytish joizki, 30 yoshli futbolchi “qizil iblislar” safida gol urgan ilk nigeriyalik futbolchiga ham aylandi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar