Igalo "Manchester Yunayted"dan ketishini elon qildi
27 jan 2021 07:48
Yangiliklar


Igalo "Manchester Yunayted"dan ketishini elon qildi
Hujumchi Odion Igalo o'zining Instagram sahifasida MYUdan ketishini malum qildi.
"Orzuim tugayotganini tasavvur qilish qiyin. Men xudodan meni "Manchester Yunayted"ga kelganimga yordam berganidan minnatdorman, men uchun bu klub libosini kiyish g'urur edi.
Menejerlarga menga boshqalar ishonmagan paytda ishonishgani uchun rahmat aytaman. Jamoadagi sheriklarimga ham rahmat, sizlarsiz zerikarli bo'ladi. Sizlar APL va Angliya Kubogini yutishingiz uchun duo qilaman", - deb yozgan Igalo.
Nigeriyalik futbolchi MYUda 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar