Igalo: "Agar meni haqorat qilishsa, maydondan chiqib ketaman"
06 iyu 2020 17:08
Yangiliklar


Igalo: "Agar meni haqorat qilishsa, maydondan chiqib ketaman"
"Manchester Yunayted" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Odion Igalo rasizm borasidagi fikrlarini bildirdi.
30 yoshli nigeriyalik futbolchining aytishicha, agar unga rasizm va ksenofobiya borasida murojaat qilishsa, bunga qatiy etiroz bildirishini aytdi.
"Agar meni haqorat qilishsa, men bu haqda hakamga aytaman va uning reakciyasini kuzataman. Agar hech qanday chora yoki harakat qilmasa, maydonni tark etaman. Hech kim irqchilikka qarab turmasligi kerak. Terining rangidan qatiy nazar, barcha insonlar birdirlar", - deydi Igalo.
Futbolchi joriy mavsum MYU libosida 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar