IFAB futbol o'yinlarini futzalga o'xshatmoqchi
18 iyu 2017 08:40
Yangiliklar
IFAB futbol o'yinlarini futzalga o'xshatmoqchi
O'yin qoidalarini ishlab chiqadigan va ularni o'zgartiradigan Xalqaro futbol associaciyalari qo'mitasi (IFAB) Play Fair! (Halol o'yna!) nomli yo'nalish ishlab chiqdi.
O'yin vaqtini 90 daqiqadan "toza" 60 daqiqaga kamaytirish birinchi reja. Agar to'p maydonni tark etsa vaqt to'xtatiladi. Xuddi futzal, basketbol yoki xokkeyda bo'lgani kabi
Bundan tashqari IFAB agar himoyachi to'pni o'z darvozaboniga uzatsa posbon to'pni qo'liga olsa erkin zarba emas penalti belgilash kerak deb hisoblaydi.
Yana bir taklif qo'li bilan atayin gol ursa yoki darvoza chizig'idan to'pni qo'li bilan qaytarsa uni chetlatish kerak. Agar bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pni futbolchi qo'li bilan qaytarsa gol hisoblanishi taklif qilindi.
Fikrlar