Ichimdagi gaplar... Bizni jamoani qaytarib bering!
19 dek 2013 15:00
Yangiliklar

Ichimdagi gaplar... Bizni jamoani qaytarib bering!
Mana yaqinda navbatdagi O'zbekiston chempionati o'yinlari yakunlandi. Bir amallab tugatib oldik desak to'g'ri bo'ladi.
Bu mavsum “Qizilqum” jamoasi va uning muxlislari uchun qoniqarsiz mavsum bo'ldi. To'g'ri, hech kim “Qizilqum”dan medallar uchun kurashishni kutmagandi, lekin bu darajada yomon natijalar kutishmagandi. O'z vaqtida bronza medal sohibi bo'lgan “Qizilqum”ning oxirgi o'rinlarda yurishi biz uchun achinarli hol bo'ldi. Zarafshon shahridan ham ancha kuchli futbolchilar etishib chiqqan. Vladislav Kiryan, Aleksey Nikolaev, Dmitriy Kuzin, Renat Bayramov bunga misol bo'la oladi. Sergey Dub, Marsel Indiatulin, Spartak Murtazoev, Mirzakamol Kamolov, Sunnatillo Mamadaliev, Viktor Karpenko, Vladimir SHishelov, SHerzod Karimov ham aynan “Qizilqum”da o'ynagan paytlari xalqqa tanilgan edi. Afsus, oldingi “Qizilqum” bilan hozirgi “Qizilqum”ni solishtirib bo'lmaydi. Mayli, biz shunga ham rozi edik, lekin…
SHu mavsumning 2-davrasini “Qizilqum” Zarafshonda emas, Navoiy shahrida o'tkazdi. Sababi esa stadion rekonstrukciya qilinishini va “Qizilqum” yana Zarafshonga qaytishini aytishgandi. Bu xabarni eshitib boshida xursand bo'lgandik. Navoiydagi o'yinlarga borish uchun biz muxlislarga avtobus ajratilishi ham aytildi. “Nasaf” bilan o'yinga zamonaviy “Mersedez” avtobusi ajratildi. “Lokomotiv” bilan o'yinga esa o'sha avtobus “Otayo'l”ga aylanib qoldi. Mayli, bunga etirozimiz yo'q, lekin rekonstrukciya ishlari-chi? Qayta tamirlash bitgancha deyishgandi, lekin bu gapga 6-7 oy bo'libdi-ki, lekin hali tamirlash ishlaridan darak yo'q. Har kuni ishga ketayotganda qarab o'taman lekin biror marta tamirlash bo'layotganini ko'rmadim. Ichimda balki kechasi ishlayotgandir-da deb qo'yaman. Siz aytishingiz mumkin, balki endi boshlanar deb.
Zarafshon shahrida yozi juda issiq, qishi juda sovuq bo'ladi. Bunaqa sovuq ko'chada turishni o'zi bo'lmaydi. 6 oy ichda boshlanmagan rekonstrukciya ishlari endi boshlanishiga ishonish qiyin. Bu bilan bizga yangi stadion kerak demoqchi emasman. Bizni yosh bolalarcha ahmoq qilmasdan, rost gapni aytishni, “Qizilqum”ni yana Zarafshon shahriga qaytarishlarini xohlayman. To'g'ri, stadiondagi ayrim muammolar talabga javob bermas, lekin Navoiydagi “So'g'diyona” stadioni nimasi bilan talabga javob berar ekan? Tomoshabin ko'p kelishini hisobga olmasak, bu ikki stadion bir xil darajada-ku! Zarafshondagi klub bazasiga gap bo'lishi mumkin emas, hamma sharoitlar bor. Bunaqa baza Navoiy shahrida bormi-yo'qmi bilmadim.
Keyin hamma Navoiyda ko'p tomoshabin tushishini aytyapti. O'sha odamlarga savol bergim keladi: Navoiyni aholisi qancha-yu Zarafshonniki qancha? Toshkentning bitta kvartalicha keladigan bu shahar uchun 3-4 ming odam juda yomon natija emas-ku. O'sha 3-4 ming tomoshabinni poytaxt jamoalari ham yig'a olmaydi-ku axir! Qani o'yinning qoq tush payti emas, 17:00 yoki 18:00 ga qo'yishsin-chi 4-5 ming odam kirmas ekanmi? Menimcha, “Qizilqum”ni Navoiy shahriga ko'chirishmoqchi. Qiziq, bunaqasi faqat bizda bo'lsa kerak. Bir shahar jamoasini boshqa shaharga o'tkazib yuborishsa-ya. Zarafshon shahridagi futbol muhlislari bunga norozi bo'lishmoqda. Yaqinda Mirabror Usmonovga ham xat jo'natmoqchi bo'lgandik. CHunki biz indamasdan qarab o'tirmoqchi emasmiz. Mana bu yil “Zarafshon-PFK” jamoasi 1-ligada 3-o'rinni egalladi. Yangi mavsumda o'sha tarkibni saqlab qolib yana ozgina harakat qilinsa, oliy ligaga ham chiqishlari mumkin-ku? Oliy ligada Navoiy derbisini qancha-qancha odamlar sog'ingan axir. Nima uchun aynan “Qizilqum”ni tortib olishlari kerak. Hamma stadiondagi rekonstrukciya ishlarini so'ramoqda, hamma bilishi uchun stadionning hozirgi ahvolini rasmga tushirib sizlarga jo'natishga qaror qildim. Rasmlarni tomosha qilib, bir o'ylab ko'ring-chi biz zarafshonliklar shunga loyiqmizmi? “Qizilqum”ni Navoiyga ko'chirish adolatdanmi?
Yaqinda “Qizilqum” rahbatiyatidan biri o'z intervyusida Zarafshondagi stadion tamirlanayotgani borasida aytib o'tibdi. Unda qarang-chi bu stadion tamirlanyaptimikin?
“Qizilqum” - Zarafshon shahriniki va Zarafshonda qolishi shart. Axir bekorga biz quyidagi gapni 10-12 yildan beri aytmaymiz:
Zarafshon - mening shahrim,
“Qizilqum” - mening jamoam.
Yoki endi o'zgartiramizmi:
Navoiy - mening shahrim,
“Qizilqum” - mening jamoam, deb
Xullas, bizga jonajon jamoamiz “Qizilqum”ni qaytaring. Bizga “Qizilqum” kerak. Mayli 1-ligada o'ynasa ham, lekin bizga asl “Qizilqum”ni qaytaring. Sizlarga jamoa kerak bo'lsa, o'zlaringiz bunyod eting.
Eldarado_13
Zarafshon shahridan championat.asia sayti uchun.

Fikrlar