So’nggi yangiliklar

22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  1 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  1 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   7 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  59 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7

Ibrohim Ibragimov: "Surxon"ga qarshi boshqacha taktika o'tmas edi" Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov: "Surxon"ga qarshi boshqacha taktika o'tmas edi"

Coca Cola Superliganing 16-turi doirasida Olmaliqda "Surxon" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ispaniyalik murabbiylar to'qnashuvida yakunda omad bekobodliklarga kulib boqdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


Surxon

Ruben Sanchez - 90'

Superliga. 16-tur

18/08/2022, 19:00

2
:
1
Tugadi

Metallurg

ZHasur Xolto'raev - 33', Bobur Farhodov - 68'

45'
90'
10'  Tohirjon Shamsiddinov (Ibrohim G'anixonov)
46'  Jahongir Ahmadov (Kamron Saidazimov)
50'  Javohir Sohibov
67'  Javohir Sohibov (Nuriddin Hasanov)
73'  Luis Migel Kesada (Abdulaziz Yusupov)
73'  Ibrohim G'anixonov (Ulug'bek Abdullaev)
90'  Ruben Sanchez
90'  Abdulaziz Yusupov
11'  Kerim Palich
33'  ZHasur Xolto'raev
33'  Bektemir Abdumannonov
59'  ZHasur Xolto'raev (Bobur Farhodov)
68'  Bobur Farhodov
68'  SHahzodbek G'ofurbekov
71'  Bektemir Abdumannonov (Ixtiyor Toshpo’latov)
88'  Zabihillo O’rinboyev (Shahzod Nematjonov)
88'  Ibrohim Ibragimov (Mirkomil Abdurazzoqov)
90'  Bobur Farhodov


- Uch ochko qo'lga kiritilgan o'yin borasidagi dastlabki fikrlaringiz?

- Superligada hech bir o'yin oson o'tayotgani yo'q. Ochko kimga kerak emas? Albatta hammaga zarur. SHu bois jiddiy kurash ketyapti. Tarkibimizda yo'qotishlar ko'p ekanligi bois boshqacha taktika tanlandi.

- Etiborimni tortgan jihati shu bo'ldiki, bunga qadar "Metallurg" asosan himoyadan o'yin tashkil qilayotgandi. Biroq kecha "Surxon"ga qarshi hujumkor taktikada harakat qildi. G'alaba uchun tavakkal qabul qilingan qarormidi?

- Yuqorida ham aytdim. Bu ham o'ziga yarasha tavakkal bo'ldi, deb o'ylayman. Navbatdagi uchrashuvlarda ham chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Statistikaga ko'ra, "Surxon" juda yaxshi pressingni amalga oshiradi. "Metallurg" raqib bosimidan qanday qilib chiqib keta oldi?

- To'g'ri aytdingiz. Murabbiyimiz ko'proq mayda paslar bilan hujumga o'tishimizni takidladi. O'yinga yondashuvni o'zgartirdik. Bilamiz, ular uchinchi zonada pressingni boshlaydi. Ochko zarurligi uchun hujum ko'p uyushtirdik. Agarda ikki jamoa uzun uzatmalar bilan harakat qilganda hech narsa o'xshamasdi. Bu o'z mevasini berdi. "Nasaf" bilan o'yindan keyin bir hafta ichida boshqacha taktika ustida ishlagandik. 

- U-23 Osiyo kubogida jarohat olib safdan chiqdingiz. Tiklanish qaerda va qanday o'tdi?

- Eron bilan o'yindan oldingi mashg'ulotlarda jarohat oldim. To'rt kundan so'ng jarrohlik stoliga yotishimga to'g'ri keldi. Xudoga shukur hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Aslida tiklanishni Serbiyada o'tkazmoqchi edim. SHu pallada Akmal SHorahmedov katta yordamini berdi. 

- Darhaqiqat bugungi kunda ko'plab futbolchilarning tiklanishida ushbu murabbiy katta hissa qo'shmoqda, deya olamiz. Akmal SHorahmedov bizning futbolda kam bo'lgan mazkur yo'nalishda tub burilish yasaydimi?

- SHunday. Sanjar Qodirqulovga ham Akmal aka yordam berdi. Hozirda Elyor Orifov bilan shug'ullanmoqdalar.  O'zlari futbolchilik faoliyatlaridan boshlab bu sohani o'rganishga kirishganlar. Menimcha bunday mutaxassis yurtimizda juda kam. Ruhiy tomondan ham motivaciya bera olishlarini aytishim mumkin. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика