Ibragimovich Olimpiadaga boradi?
16 iyu 2016 11:41
Yangiliklar
Ibragimovich Olimpiadaga boradi?
Zlatan Ibragimovich Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga boradigan SHveciya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritildi.
Zlatanning o'zi Evro-2016dan so'ng qarorini elon qilishini aytgan edi.
SHveciya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xakan Eriksonning so'zlariga ko'ra, u Ibragimovichning Braziliyaga borishiga umid bildiryapti. Eslatib o'tamiz, shveciyaliklar guruh bosqichida Kolumbiya, Nigeriya va Yaponiya bilan o'ynaydi.
Taxminlarga ko'ra, Ibragimovich Evro-2016dan so'ng "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi. Agar shunday bo'lsa, Joze Mourino ham Zlatan borasida qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ladi. Olimpiadaning futbol o'yinlari 3 avgustdan start oladi. 7 avgust kuni "Manchester Yunayted" "Lester" bilan Angliya Superkubogi uchun bahs yuritadi.
Fikrlar