"Lokomotiv" nazorat uchrashuvida "Dinamo"dan ustun keldi
03 fev 15:08
Yangiliklar
"Lokomotiv" nazorat uchrashuvida "Dinamo"dan ustun keldi
Toshkentdagi TTYMI stadionida "Lokomotiv" va Samarqandning "Dinamo" klublari nazorat uchrashuvi o'tkazishdi.
Qiziqarli bellashuv 2:0 hisobida toshkentliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Nazorat o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriya davom etadi", - deb izoh qoldirdi "Lokomotiv" futbol klubi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.
Qayd etish lozim, "Lokomotiv"ning ushbu seriyasi 4 o'yindan iborat bo'lib, bu oraliqda "temiryo'lchilar" 3 g'alaba va 1 durang qayd etishdi.
Nazorat o'yini. Toshkent
"Lokomotiv" - "Dinamo" - 2:0
Gollar: Muhriddin Zoirov 18, SHodiyor SHodiboev 83.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Vladimir Kozak, Nikola Popovich, Levan Arveladze, Muhriddin Zoirov, Akaki SHulaya, Jasur Hakimov, Abdulloh Yo'ldoshev, Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHodiyor SHodiboev, Ozodbek O'ktamov, Artyom Miftiev, Azamat Komilov, Sayiddin Mavlonov.
"Dinamo": Sarvar Karimov, Oleksandr Kucherenko, Ulug'bek Abdullaev, Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, Jaloliddin Jumaboev, Ratino, Duglas Maykon, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Mirjahon Mirahmadov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Edem Nemanov, Vohidjon Oqbo'taev, Xislat Xalilov, Anvarjon Hojimirzaev.
Fikrlar