Ibragimovich: "Modrich "Oltin to'p"ni olganidan xursandman, sababi..."
15 fev 2019 19:57
Yangiliklar


Ibragimovich: "Modrich "Oltin to'p"ni olganidan xursandman, sababi..."
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning o'yinlariga baho berdi.
"Modrich dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb bilaman. Uning tezligi fantastik darajada va maydonni alo darajada ko'ra oladi. Luka to'p bilan juda yaxshi ishlaydi.
Luka yosh bo'lgan vaqtlarida unga qarshi o'ynaganman. Uning "Oltin to'p"ni yutganidan xursandman. Uning poziciyasidagi futbolchilar har doim ham bu sovrinni yutavermaydi. O'tgan yil Modrichga ataldi. Uning bu sovrinni qo'lga kiritganidan xursandman, chunki mening onam xorvatiyalik", - dedi Zlatan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar