Ibragimovich "Milan"ni tark etishga qaror qildi
21 mar 2020 23:40
Yangiliklar


Ibragimovich "Milan"ni tark etishga qaror qildi
Xabaringiz bor, "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiyada avj olgan pandemiya xavfi tufayli SHveciyaga yo'l olib, u erda koronavirusga qarshi kurash uchun "Kick the Virus away!" kompaniyasiga start bergan edi.
"SportMediaset" nashri xabariga ko'ra, forvard Italiyaga qaytganidan keyin klubni tark etish qarorini rasman elon qiladi. Bunga sabab "rossonerilar" boshqaruv tizimida ro'y bergan o'zgarishlardir. SHveciyalik hujumchi Bobanning "Milan" boshqaruvidagi lavozimni tark etganidan norozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Milan" bosh direktori Ivan Gazidis bilan kelishmovchilik tufayli jamoaning ijrochi direktor Zvonomir Boban klubni tark etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar