Ibragimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi mumkin
01 noy 2019 19:53
Yangiliklar


Ibragimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi mumkin
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirish ehtimoli yo'q emas.
Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda. Avstraliyaning "Pert Glori" klubi rahbariyati allaqachon o'yinchining agenti Mino Rayola bilan muloqotga kirishgan.
"Biz futbolchining agentidan Ibragimovichning transferi borasida qiziqdik va shveciyalikning o'zi ham bu qiziqishga befarq qaramadi", — deydi "Pert Glori" ijrochi direktori Toni Pinyata.
Ibragimovichning "Gelaksi" bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etadi.
Avvalroq, Ispaniyaning "Merida" klubi Zlatanning transferini elon qilgan va keyinchalik bu reklama tadbirlari doirasida foydalanilgan nayrang bo'lib chiqqani malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar