Ibragimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi mumkin

1 noya 2019, 19:53
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirish ehtimoli yo'q emas.

Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda. Avstraliyaning "Pert Glori" klubi rahbariyati allaqachon o'yinchining agenti Mino Rayola bilan muloqotga kirishgan.

"Biz futbolchining agentidan Ibragimovichning transferi borasida qiziqdik va shvetsiyalikning o'zi ham bu qiziqishga befarq qaramadi", - deydi "Pert Glori" ijrochi direktori Toni Pinyata.


Ibragimovichning "Gelaksi" bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etadi. 

Avvalroq, Ispaniyaning "Merida" klubi Zlatanning transferini e'lon qilgan va keyinchalik bu reklama tadbirlari doirasida foydalanilgan nayrang bo'lib chiqqani ma'lum bo'lgandi.   

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24.lefigaro.fr