Ibragimovich: "CHalxanoglu Eriksen bilan ro'y bergan fojiadan foydalanib qoldi va "Inter"ga o'tdi"
07 dek 2021 19:21
Yangiliklar
Ibragimovich: "CHalxanoglu Eriksen bilan ro'y bergan fojiadan foydalanib qoldi va "Inter"ga o'tdi"
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "rossonerilar"ning sobiq futbolchisi Xakan CHalxanogluning "Inter"ga o'tishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz Xakanga jamoaga bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirishimiz va unga kelajakdagi faoliyatiga omad tilashimiz kerak. Bu yoqimsiz tuyulishi mumkin, ammo CHalxanoglu fojiadan unumli foydalandi. Kristian Eriksen Evro-2020 doirasidagi Daniya – Finlyandiya uchrashuvi vaqtida yurak xurujiga uchradi. SHu bois "Inter"ga bu poziciyaga futbolchi kerak edi va Xakan uchun eshik ochildi. Bungacha unga na "Inter"dan, na boshqa klublardan taklif bo'lgan.
Lekin Xakan yaxshi yigit va men tufayli o'sishga erishdi. Men kelgunimcha uning statistikasi yaxshi emasdi. Men har doim "Agar u "Milan"dan maoshini oshirishni so'rasa, bu mening aybim bo'ladi, chunki men uni ajoyib futbolchiga aylantirganman", deya hazillashardim", – dedi shveciyalik hujumchi.
Oldinroq Ibragimovich Messi va Ronalduni o'zaro solishtirgandi.
Fikrlar