So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

I.Ahmedov: “Qarshida OFK va FIFA darajasida sharoit yaratib berildi” Yangiliklar

I.Ahmedov: “Qarshida OFK va FIFA darajasida sharoit yaratib berildi”

Teglar :  Nasafseminar
Avval xabar qilganimizdek, 1-5 oktyabr kunlari Qarshi shahrida OFK instruktori Islom Ahmedov tomonidan futbol murabbiylari uchun o'quv kurslari tashkil etildi.


Unda jamoamizning yordamchi murabbiylari SHuhrat Toshpo'latov va Ilnur Sibagatulin, shuningdek, “Nasaf” futbol maktabining ko'plab murabbiylari qatnashishdi. Tadbir yakunida OFK instruktori Islom Ahmedov seminar haqida o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

 

- Avvalo seminarni o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan “Nasaf” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Men bu kabi tashkilotchilikni OFK va FIFA darajasida ko'rganman. Seminarda qatnashgan instruktor va murabbiylar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Dunyo futbolida ruy berayotgan o'zgarishlarni mana shu 4 kunlik seminar davomida nazariy va amaliy jihatdan tushuntirib, ko'rsatib berishga harakat qildik. O'ylaymanki, seminar ishtirokchilari kelgusida futboldagi yangi o'zgarishlarni o'z ish jarayonlarida muvaffaqiyatli amalga oshira olishadi.

 

-Qashqadaryolik murabbiylarning seminardagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?

-Ularning o'z murabbiylik yo'li  va tajribasi bor va seminar davomida bilinib turdi. Bizning mashg'ulotlarda ham ular har tomonlama ajralib turishdi. O'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Umid qilamanki, bu erda olingan bilimlar ularga amaliy ish jarayonida asqotadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика