Humoyun Murtozaev O'zbekiston chempionatida 30ta gol urdi
21 okt 2019 15:50
Yangiliklar


Humoyun Murtozaev O'zbekiston chempionatida 30ta gol urdi
Superliganing 22-turida "Nasaf" o'z maydonida "Andijon"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Mazkur bahsda mezbonlar hujumchisi Humoyun Murtozaev o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. SHu tariqa Murtozaevning O'zbekiston chempionatidagi gollari soni 30taga etdi.
Futbolchi 2013 yilda G'uzorning "SHo'rtan" klubi tarkibida 5ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga bir bor to'p kiritgan.
2015-2017 yillar oralig'ida Murtozaev "Mashal" klubi safida O'zbekiston oliy ligasida 70ta o'yinda maydonga tushib 16ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
2019 yil boshida "Nasaf"ga ko'chib o'tgan hujumchi 22ta bahsda raqiblar darvozasiga 13ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar