So’nggi yangiliklar

17:23Кантона Ямалга тан берди  0 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  1 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  19 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  22

Hujum qilishdan charchamaydigan va juda ko'p gol uradigan "Al Sadd". "Nasaf" OCHLda yurishini boshlaydi Yangiliklar

Hujum qilishdan charchamaydigan va juda ko'p gol uradigan "Al Sadd". "Nasaf" OCHLda yurishini boshlaydi

Osiyo chempionlar ligasi bahslari start oldi.

Kecha "Paxtakor" Eronning "Sepaxon"iga qarshi bellashuv bilan o'z yurishini boshlagan bo'lsa, bugun "Nasaf" 1-tur doirasida Qatarning "Al Sadd" jamoasi bilan kurash olib boradi. Quyida qarshiliklar o'yinidan oldingi fikr-mulohazalarimizni etiboringizga havola etamiz.

OCHL, 1-tur

08.04.2022, 22:15 (Toshkent vaqti bilan)

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium", Dammam

"Al Sadd" - "Nasaf"

Al-Sadd

Boualem Khoukhi - 55'

AFC Champions League Grp. E . 1-tur

08/04/2022, 22:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf Qarshi

Pedro Miguel - 31'

45'
90'
27'  Abdelkarim Hasan Fadlalla
55'  Boualem Khoukhi
55'  Santi Cazorla
61'  Pedro Miguel
63'  Pedro Miguel
68'  Ali Assadalla (Mohammed Waad)
68'  Hassan Al Haidos (Tarek Salman)
81'  Akram Afif (Salem Al Hajri)
11'  Semir Smajlagic
31'  Pedro Miguel
46'  Shakhzod Akromov (Sukhrob Nurulloev)
50'  Sukhrob Nurulloev
54'  Semir Smajlagic (Khusayin Norchaev)
61'  Alibek Davronov
67'  Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)
75'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)

O'zbekistonlik ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan stadion

"Nasaf" guruh o'yinlarining barchasini Dammamdagi "Prince Mohamed Bin Fahd stadium"da o'tkazadi. Stadion 1973 yilda qurilgan va 26000 muxlisga mo'ljallangan. Bu arena o'zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun yaxshi tanish. OCHL-2009ning nimchorak finalida "Paxtakor" jamoasi aynan shu stadionda S.Arabistonining "Al Ittifoq" klubi mehmoni bo'lgan. O'shanda dastlab mezbonlarning ganalik legioneri Tagoe 32-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Zayniddin Tojiev muvozanatni tiklagan. 90+1-daqiqada esa ko'pchilikning yodida uzoq yillar davomida saqlanib kelayotgan gol urilgan. "Al Ittifoq" darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasini zaxiradan tushirilgan yana bir hujumchi Aleksandr Geynrix juda chiroyli tarzda golga aylantirgan. Geynrixning o'sha shedevri "sherlar"ni chorak finalga olib chiqqandi.

Zaxiradan tushirilgan Tojiev va Geynrix "Paxtakor"ni chorak finalga olib chiqqandi. Ushbu kadrlarni "shampionat.asia" sayti asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev tarixga muhrlagan.




SHu o'rinda ertaga "Nasaf" o'ynaydigan stadionda o'tgan 2009 yilgi o'sha o'yin ham yodga olib o'tilgan Nodirxo'ja Yuldashev maqolasiga link berib ketaman. Zero, unda may oyining oxirida jazirama issiqda o'tgan uchrashuv haqida ajoyib xotiralar bor.

Geynrix! SHunchaki u haqda o'qishni istaganlarga real voqea...

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium" "Nasaf" uchun ham omadli stadionga aylanishini kutib qolamiz.

"Nasaf" Dammamga 23 nafar o'yinchi bilan keldi, ular orasidan G'olib G'aybullaev guruhdagi barcha o'yinni o'tkazib yuboradi. Murabbiylar uni jamoa bilan birga bo'lishi uchun olib kelishdi.

«Nasaf» OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun 23 futbolchi bilan keldi


SHu o'rinda "Al Sadd"ning OCHL guruh bellashuvlari uchun tarkibini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar

1.Saad Al SHib, 22.Meshal Barsham, 31.Yusuf Balideh, 32.Karim Haydar Dib, 97.Abdalla Abrahim.

Himoyachilar

2.Pedro Migel, 3.Abdulkarim Hassan, 4.Ahmed Sayyar, 6.Toriq Salmon, 16.Bualem Xuxi, 20.Salim Al Hajri, 70.Musaab Hidir Muhammad

Yarim himoyachilar

5.Jung Voo Yung (Janubiy Koreya), 7.Muhammad Al Bayati, 8.Ali Asadalla, 9.Yusuf Abdurisag Yusuf, 12.Rodrigo Tabata, 13.Abdulla Al Yazidi, 17.Gilerme (Braziliya), 18.Muhammad Al Qurayshi, 19.Santi Kasorla (Ispaniya), 23.Ahmad Al Said, 44.Mahdi Al Mejaba, 45.Abdulrahmon Al Naimi, 47.Faysal Azadi, 95.Talal Al SHaibi.

Hujumchilar

10.Hasan Al Haydos, 11.Bag'dod Bounedja (Jazoir), 15.Akram Afif, 24.Andre Ayyu (Gana), 90.Abdulrahmon Al Dosari.


Ayni paytda Dammamda kechqurun bemalol futbol o'ynasa bo'ladi. Kunduz kuni havo issiq, lekin kechga borib biroz tashaydi. Boz ustiga, Dammam dengiz bo'yida joylashgan shahar, shu sabab biroz bo'lsada shabada esib turadi. Kecha ayni o'yin bo'ladigan paytda muzdek shabada esdi, bugunga ham shunday ob-havo bo'lishini taxmin qilmoqda sinoptiklar malumotlarini keltiruvchi saytlar. O'yin payti havo 25-26 daraja issiq, shamolning tezligi soatiga 11 km bo'lishi kutilmoqda.


Berdiev "Al Sadd"ga qarshi taktikani o'zgartiradimi?!

"Nasaf" joriy mavsum Superligada 3 o'yinda ikkita gol urdi va bitta o'tkazib yubordi. Jamoada o'z imkoniyatlaridan foydalanish borasida hali muammolar bor.

"Nasaf" Saudiyaga kelish oldidan jiddiy yo'qotishga duch keldi. "Lokomotiv"ga qarshi bahsda chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev o'mrov suyagini sindirib oldi. SHerzod allaqachon Toshkentda jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Bundan tashqari, markaziy himoyachi G'olib G'aybullaev ham oldinroq olgan jarohati sabab guruh o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Lekin, murabbiylar uni jamoa bilan birga Dammamga olib kelishgan. "Ajdarlar" himoyachilar tanqisligiga duch kelishgan, asosiy tarkibda tushish uchun o'yinchilar bor, lekin endi ularni kartochka olishga haqqi yo'qdek. Sababi, himoyadagi istalgan yo'qotish katta muammolarni keltirib chiqaradi. Zaxirada etarli o'yin amaliyotiga ega himoyachilar yo'q.

Bugun katta ehtimol bilan Ro'ziqul Berdiev odatiy taktik sxemasini o'zgartiradi. Bunga bosh murabbiy o'tgan kungi mashg'ulotdan keyin saytimizga bergan intervyusida shama qildi.

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo'qotishlar va Ramazon sharoitida mashg'ulotlar haqida gapirdi

SHaxsan o'zim Berdiev 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashini kutyapman. Nazarimda har ikki jamoa maydonga 3-4-3 taktik sxemasida tushib keladi. "Al Sadd" hujumkor, "Nasaf" esa himoyamiz variantini qo'llaydi bu sxemaning. Qatarliklar haqida biroz keyinroq to'xtalaman. Hozir esa "Nasaf"ning taxminiy tarkibi va taktik sxemasini keltirib o'taman.

 


Markaziy himoyada Aliqulov, Eshmurodov va Davronov uchligi javlon uradi. Ikki qanotda lateral vazifasini bajaradigan Saitov hamda Muxitdinov ko'proq himoyaga etibor qaratadi. Bu bilan Berdiev maydonning istalgan joyidan xavf tug'dira oladigan raqib o'yinchilariga imkon qadar bo'sh hudud qoldirmaslikka urinadi. Solishtirish uchun, "Al Sadd" laterallari asosan hujumkor vazifalar bilan shug'ullanishadi. Har holda ichki chempionat bellashuvlarida shunday bo'lib kelgan. Nasrullaevning jarohati nafaqat himoya, balki hujumda ham jamoa o'yiniga tasir qiladi. Bozorov va Nasrullaev tandemi pley-off uchrashuvida "Baniyas"ni rosa sarson qilgandi. Endi esa Oybekka chapda SHarof yordamlashishi kerak bo'ladi. Mavsum oldidan markazda raqobatni oshirish va rotaciyaga ko'proq imkoni bo'lishi maqsadida qaytarib olib kelingan SH.Muxitdinov taqdir taqozosi bilan chap qanotda asqotadigan bo'ldi. Bu joy u uchun begona emas, oldin ham o'ynagan. Umid qilamiz, SHarof Ala Asadalla va Andre Ayyuning aynan uning qanotidan uyushtiradigan bosimiga bardosh beradi.

"Nasaf" bu raqibga qarshi chuqur himoyaga yotmasligi kerak, sababi "Al Sadd" tarkibida individual juda kuchli o'yinchilar to'lib yotibdi. Ular birgina pas bilan butun himoya qo'rg'onini "yorib" o'tib ketishga qodir. Kasorla, Tabata va Afifning paslari xavfli. Futbolchilar bugun o'z jarima maydonchalari yaqinida hech bir raqibga zarba berish imkonini bermasliklari kerak. Zero, ular imkon tug'ildi deguncha uzoqdan ham zarba yo'llayveradi. Kasorla, Tabata, Afif, Haydos, Ayyu va Abdulkarim Hassan istalgan vaqt jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba bera oladi. Jamoa Qatar chempionatida uzoqdan juda ko'p gol urgan. Himoyalanayotgan "Nasaf" futbolchilari 2 soniya "uhlab" qolishsa, tamom. O'z navbatida, "ajdarlar"da ham yaxshi zarbaga ega o'yinchilar bor. Stanoevich, Muxitdinov, Saitov va Solovyov ko'proq zarba beraverishlari kerak. Ayniqsa, raqib darvozasini 22-raqamdagi Meshal Barsham qo'riqlasa. Ushbu kiperga bosim uyushtirilsa tez-tez xatoga yo'l qo'yarkan va uzoqdan yo'llanadigan kuchli zarbalar payti unda muammolar paydo bo'larkan.


Hujum qilishdan charchamaydigan va juda ko'p gol uradigan "Al Sadd"

"Al Sadd" OCHL guruh bosqichi uchun asosiy 5 legioneri (Jung Voo Yung, Gilerme, Santi Kasorla, Bag'dod Bounedja va Andre Ayyu)ni "zayavka" qilgan. Lekin, maydonda bir vaqtda ulardan faqat 4 nafari o'ynay oladi. Xavi Grasia asosan 3-4-3 taktik sxemadan foydalanadi. Bunda u hujumkor va tajovuzkor futbol ko'rsatadi. Yani, ikki qanotdagi laterallar rolini asosan nominal himoyachilar emas, qanot yarim himoyachilari bajarishadi. Laterallar hujumkor futbolchilar bo'ladi. Jamoa hujumga tez o'tadi, oldinga borganda bir vaqtni o'zida har ikkala qanot laterallari raqib jarima maydoni yaqinida va hatto ichida paydo bo'lishadi. Hamma murabbiy ham ikkala qanot himoyachi yoki laterallarining bir vaqtda oldinga borishini lozim topolmaydi.

"Al Sadd"da ikki darvozabon va 15 nafar maydonda o'ynovchi futbolchilar rotaciya evaziga doimiy maydonga tushishadi. Yani, ularda aniq 11talik tarkib yo'q. Murabbiy varianti ko'pligidan hamisha rotaciya qiladi va 15-16 nafar o'yinchi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lib keladi. Istalgan payt Kasorla, Tabata, Bounedja, Gilermelar zaxirada qolishi mumkin. Jamoa o'tgan oyning 14chi sanasida kubokda "Duhayl"ga yutqazib qo'ygandan keyin hali rasmiy o'yin o'tkazmagan. Kecha matbuot anjumanida bosh murabbiy va yarim himoyachi Tabata jamoa musobaqani yutmoqchi ekanligini aytib o'tdi. Yani, bu OCHLni yutishni vazifa qilib qo'ygan raqib.


Hozir "Barselona"ni o'ziga keltirayotgan Xavi "Al Sadd"ga ham tiki-takani singdirishga ulgurgan. Futbolchilar raqibni paslar bilan "o'ldirishadi". Hatto, jarima maydonchasiga kirib ham to'pni bo'sh darvozaga olib kirib qo'yishga urinishadi. Standartlarda esa Abdulkarim Hassan va Bualem Xuxi juda xavfli.

Andre Ayyu va Akram Afif eng katta xavf desak xato bo'lmaydi. Istalgan payt bir o'zi yorib kirib gol yaratishi mumkin. Ayyu Qatar chempionatining "Robbeni" bo'lib olgan. O'ngdan markazga yurib darvozaning uzoq burchagini nishonga olib urgan gollari anchagina. Afif esa Qatar Osiyo chempioni bo'lgan qita birinchiligida golli paslarni qalashtirib tashlagan yigit. Akram Qatar chempionatining oxirgi mavsumida 22 o'yinda 14ta gol urib, 17ta golli pas bergan. SHunchaki, dahshatli statistika. "Al Sadd"ning o'zi 22 uchrashuvda 80ta to'p kiritgan, har bir o'yinda 3.6tadan gol degani. Bu jamoa Qatar chempionatida ketma-ket ikki mavsumdan beri umuman yutqazmasdan chempion bo'lyapti. Qator rekordlarni o'rnatib tashladi bu yigitlar ortda qolgan mavsumda.


To'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radigan ikki jamoaning o'zaro to'qnashuvi neytral muxlislarda ham katta qiziqish uyg'otishi shubhasiz. "Al Sadd" futbolchilari juda tez o'ynashadi va bugun "Nasaf" vakillari ham ularga shunday javob qaytarishlari kerak bo'ladi. Kecha o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni Berdiev tabassum bilan o'tkazdi va shogirdlaridan ham yaxshi kayfiyatda shug'ullanishni so'radi. Ehtimol, murabbiy shu yo'l bilan muhim bahs oldidan futbolchilardagi bosimni kamaytirishga uringandir.

Bugungi o'yinda "Nasaf"ga omad va g'alaba tilab qolamiz!




Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика