So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  4 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Hududiy akademiyalar o'rtasidagi musobaqada Farg'ona g'olib bo'ldi Yangiliklar

Hududiy akademiyalar o'rtasidagi musobaqada Farg'ona g'olib bo'ldi

O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarining 2005 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlari aniqlandi.

Musobaqaning birinchi bosqichida “A” va “B” mintaqalarga bo'lingan holda, uy-safar tizimidagi uchrashuvlarni yakunlab, U-14, U-15, U-16, U-17 yosh toifasidagi eng ko'p ochko jamg'argan sakkiztadan jami 32 ta jamoa ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.

Hududiy futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining dastlabki uchrashuvlari aprel oyidan beri o'tkazilib, oktyabr oyida final bosqichi yakunlanadi.

Bugun 2005 yil tarbiyalanuvchilari o'rtasida musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Murosasiz va qiziqatli o'tgan final uchrashuvida farg'onaliklar g'alaba qozonishdi.

FINAL

Farg'ona 3:1 Andijon

Gollar: Komilov Murodjon, Dehqonov Abdug'affor (2), Usmanov Azizbek,




Jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi:

1-o'rin Farg'ona viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi


2-o'rin Andijon viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi


3-o'rin Namangan viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi

3-o'rin Surxondaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi


Musobaqaning yopilish qismida turli nominaciyalarda eng yaxshi deb topilgan futbolchilarga, O'zPFL Bosh direktori Davron SHakurbanov, Respublika futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi direktori Rustam Abdullaevlar, O'zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiy yordamchisi Timur Kapadzelar g'olib va sovrindorlarga esdalik sovg'alarni topshirishdi.





Musobaqaning eng yaxshilari quyidagicha:

Eng yaxshi darvozabon –  Nazirov Ziyodulloxo'ja (Farg'ona viloyati)


Musobaqa to'purari –  Komilov Murodjon (Farg'ona viloyati)


Eng yaxshi o'yinchi –  Usmanov Azizbek (Andijon viloyati)


Joriy yilning 8-12 oktyabr kunlari 2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar musobaqani davom ettirishadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика