So’nggi yangiliklar

22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  2 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  671 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  6 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2

Hozircha natija muhim emas Yangiliklar

Hozircha natija muhim emas

O'zbekiston milliy terma jamoasi Senegal va Marokashga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Ikki xil o'yin va ikki xil natija

Terma jamoamiz uchun har ikki bahs ikki xil ko'rinish oldi. Raqiblarimizning o'yinga munosabati ham ikki xil bo'ldi. Senegal ham, Marokash ham bizga qarshi deyarli ikkinchi tarkibini tashladi. Lekin, Senegal futbol o'ynagisi kelmagandek taassurot uyg'otdi. SHunchaki, mashg'ulotdek qaradi. Faqat gol o'tkazib yuborganidan so'ng Aliu Sisse shogirdlari yugurishni, hujumlar tashkil qilishni, umuman futbol o'ynashni boshlashdi.

Marokash esa o'yin boshidan pressing qilib, bizning futbolchilarga bosim o'tkazdi, hujumlar uyushtirdi. Xullas, Erve Renar muxlislar ko'z o'ngida shunchaki mashg'ulot o'tkazishni istamadi. Senegal shunchaki o'ynagani uchun ham durangga erisha olgan bo'lsak, jamoaviy o'yinni chiroyli holatda ko'rsatib berishni istagan Marokash darvozasiga hatto aniq zarba ham yo'llay olmadik.


Marokash bilan o'yin

O'zbekiston kechagi bahsni 4-3-3 taktik sxemasida boshladi. Bunda Eldor Suyunov darvozani qo'riqladi, Himoyaning o'ng qanotida SHuhrat Muhammadiev, chap qanotida Oleg Zoteev, markazda esa SHerzod Azamov va Rustam Ashurmatov. Tayanch yarim himoyasida Fozil Musaev to'p tepgan bo'lsa, markazda Javohir Siddiqov va Ikrom Aliboev tandem hosil qildi. Ikkita vinger vazifasi Jaloliddin Masharipov va Sardor Rashidovga topshirildi, markaziy hujumda esa Marat Bikmaev harakat qildi.


Vakillarimiz hujumga o'tayotganda yoki bo'lmasa to'pga egalik qilgan paytda jamoa yuqoridagi sxema bo'yicha harakatlandi. Marokash pozicion hujumga o'tganda esa sxema har safar 4-5-1ga o'zgardi. Yani, ikkita qanot yarim himoyachilari ham himoyalanish uchun ortga qaytishdi va oldinda birgina Bikmaev qoldi.

Marokash ham uchrashuvni huddi bizniki kabi sxemada boshladi. Mezbonlarning markazda to'pga egalik qilishlarini 21-raqamdagi Sofyan Amrabat taminlab berdi. 21 yoshli futbolchi vakillarimiz uyushtirmoqchi bo'lgan hujumlarni eng ko'p buzgan o'yinchi bo'ldi. "Otbor"da hamma joyda paydo bo'laverdi Amrabatlarning kichigi. Faysal Fajr va Amin Xarit esa markazdan hujumlarni boshlab berishda asosiy rolni o'ynashdi. SHu o'rinda men Germaniyaning "SHalke" klubi azosi hisoblangan Amin Xaritni alohida takidlagan bo'lardim. 20 yoshli Xarit "SHalke"da yozda "Bavariya"ga o'tadigan Leon Goreckaga munosib voris bo'lishi o'yinlari bilan isbotlab bo'ldi. Fajr va Xarit kabi hujumlarda faol bo'lgan yana bir futbolchi 19-raqamdagi Yasin Bammou bo'ldi. Bammou Zoteevni ko'p yugurtirdi. SHuningdek, "Real" azosi Ashraf Hakimi aslida o'ng qanot himoyachisi bo'lsada, kecha chap qanotda maydonga tushdi va yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin, Hakimi Marokashning yulduzlari qatoriga kirmaydi. U erda Ashraf oddiy terma jamoa azosi. Marokashning Mexdi Benatiya, Hakim Ziyech, Muborak Bussufa, Nordin Amrabat, Nabil Dirar kabi yulduzlari bor. Etibor bering yuqoridagilardan faqat Ziyech kecha zaxiradan maydonga tushirildi, qolgan etakchilar esa bizga qarshi o'ynamadi. Marokashda jamoaviy o'yin yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi. Bejizga ular Kot-d'Ivuarni ortda qoldirib mundialga chiqishmagani sezildi.



Terma jamoamiz kecha ko'proq to'psiz o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Bunday holatda bizga kurashlarga kiradigan, maydonda mexnat qiladigan o'yinchilar zarur edi. Afsuski, Masharipov ham, Rashidov ham to'p bilan o'ynashni yoqtiradigan futbolchilar edi. To'psiz harakat qilganda ularning foydali ish darajasi keskin tushib ketadi. Kecha markazni raqibga boy berdik. Amrabat-Xarit-Fajr uchligi bizning uchligimiz Musaev-Aliboev-Siddiqovdan ancha ustunlik qildi.

Marokash hisobni ochgan vaziyatda raqiblarning individual harakatlari golga zamin yaratdi deyish mumkin. Avvaliga Xarit birgina harakat bilan zarba berish uchun o'ziga hududni bo'shatib oldi. Eldor Suyunov to'pni qaytarganidan so'ng maydonni tark etayotgan to'pga Bammou etib bordi va birgina teginish bilan El Kaabiga golli pas berdi. Hammasi juda tez ro'y berdi, o'yinchilarimiz nima bo'layotganini to'liq anglashga ham ulgurishmadi. Mundialda har bir to'qnashuv mana shunday kechadi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Marat Bikmaev raqib jarima maydoniga yaxshi kirib bordi, lekin yakunda 3 raqib qurshovida to'pni oldirdi. Vaholanki, o'sha vaziyatda o'ng tomondan Muhammadiev bir o'zi ochilib kelgan edi. Bikmaev uch himoyachi orasiga kirmayo'ng qanot himoyachisiga pas berganida vaziyat keskinroq tus olishi mumkin edi.

37-daqiqada Marokash pozicion hujumga o'tganida vakillarimiz to'pni olib qo'yishdi va tezkor qarshi hujumga o'tishga chog'lanishgan bir pallada Sardor Rashidov oddiy vaziyatda to'pni raqibga oshirib berdi va keskin tus olishi mumkin bo'lgan qarshi hujum barbod bo'ldi.

Terma jamoamiz o'tkazib yuborgan ikkinchi golda esa eng katta aybni Eldor Suyunov o'z bo'yniga olsa bo'ladi. Fajrning jarimadan bergan oddiy zarbasini kiperimiz kutilmaganda maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va afrikaliklarga burchak zarbasi ishlab berdi. O'sha holatda to'p aylanma yo'nalish bilan darvozaga borgani Suyunovni chalg'itib qo'ygan bo'lishi mumkin, ammo o'tkazilgan gol darvozabonimizning gardaniga tushadi. Fajr burchak zarbasini amalga oshirganda esa Rustam Ashurmatov o'zidan balandroq bo'lgan Maruan Da Kostaga havodagi kurashni boy berdi. Rustamning uchrashuvdagi ikkinchi xatosi 71-daqiqada so'nggi himoyachi bo'la turib tezroq pas berib yuborish o'rniga to'pni o'ziga bo'ysundirishga urindi va uni raqibga oldirib qo'ydi. Vaziyatni raqibga ochiqchasiga boy bergan Ashurmatov qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. Ana shu ikkita xatoni inobatga olmaganda Rustam o'yinni yaxshi o'tkazdi.



Vakillarimiz 0:2 hisobida yutqazayotganda 83-daqiqada Timur Kapadze maydonga Javohir Siddiqov o'rniga Eldor SHomurodovni tushirdi va taktik sxema 4-2-3-1ga o'zgardi. Bu esa murabbiylarimiz hech bo'lmasa bitta gol urishni maqsad qilishayotganini anglatar edi. Afsuski, JCH yo'lidagi 6 o'yinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan Marokash bu ishni biz bilan ham osongina uddaladi.


Futbolchilarga nazar...

Superliga dastlabki 3 turi va terma jamoamizning kechagi o'yinini ko'rib amin bo'ldimki, Eldor Suyunov o'yin tempidan chiqib qolgan. Balki, bunga o'tgan mavsumni klubida zaxirada o'tkazgani sababdir. Har holda, bu narsa kiperning ruhiy holatiga ham tasir o'tkazadi. Suyunovning o'yin tempiga tushib olishi uchun vaqt kerak deb o'ylayman.

Himoyada eng yaxshi harakat qilgan o'yinchi SHerzod Azamov bo'ldi. Azamov havoda birorta to'pni yutqazmadi. Kurashlarni ham boy bermadi. Qisqasi, markaziy himoyachi kecha terma jamoamiz tarkibida eng yaxshi o'ynagan futbolchi bo'ldi. Albatta, bu mening fikrim. SHuningdek, Rustam Ashurmatov ham iliq taassurot qoldirdi. Rustam haqida bir og'iz gap aytmoqchiman: - Ko'z oldimizda ajoyib markaziy himoyachi o'sib kelmoqda.



Kecha ikkita futbolchi yomon harakat qildi. Bular: Oleg Zoteev va Sardor Rashidov. Aynan shu ikkovlon kam ko'rindi, ancha passiv harakat qildi. Oldingi Rashidovni ko'rmay qo'yganimizga ancha bo'ldi. Unda ishtiyoq sezilmayapti, to'psiz juda dangasa o'yinchiga aylanib qoladi.

Xursand qilgan o'yinchilar esa Odil Hamrobekov va Otabek SHukurov. Kecha ham ular maydonda bo'lganda markaz biroz jonlandi. Aziz Haydarov va Server Jeparovdan keyin terma jamoamizning markazi munosib yigitlarga qolishiga tobora ishonib bormoqdaman. Musaev, Hamrobekov, SHukurov, Aliboev, Siddiqov, G'anievlar terma jamoamiz markazda kelajakda ham og'riq sezmasligi mumkinligiga kafolatdek ko'rinmoqda.


Xulosa

O'zbekiston terma jamoasi bu ikkita o'yin orqali kuchli jamoalar bilan o'zini sinab ko'rdi. Bir kun kelib mundialga chiqsak, bizni kechagidan ikki barobar ko'proq bosim va pressing qiladigan jamoalar kutib turishini sezish qiyin emas. Nega ikki barobar deganim, Marokash kecha asosiy tarkib va to'liq kuch bilan o'ynamadi. Bizga bunday jamoalar bilan o'yinlar zarur edi. Hozircha bizga natija muhim emas.


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика