So’nggi yangiliklar

15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   2 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  6 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  7 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  28 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5

"Hozir mard mutaxassislar bormi? Ikkinchi ligadan Oliy ligaga qadar murabbiy sifatida chiqqanman" - Aktamov ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani Yangiliklar

"Hozir mard mutaxassislar bormi? Ikkinchi ligadan Oliy ligaga qadar murabbiy sifatida chiqqanman" - Aktamov ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani

Superliga doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyingi Hamidjon Aktamov ishtirokidagi matbuot anjumanining to'liq qismini etiboringizga havola etamiz.

"Ikkita bo'limda ikki xil o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limdagi ko'pol xatoimiz qimmatga tushdi. "Loko"ga qarshi o'yindagi bittagina xato ham gol bilan tugashi mumkin. Buni o'yindan avval futbolchilarga takidlagandim. O'z o'yinimizni topib olish uchun ko'p vaqt sarflab yubordik. Baribir "Lokomotiv" kuchli jamoa, amaldagi chempion", - deya gap boshladi Hamidjon Aktamov.

- "Qizilqum" anchadan buyon barqaror jamoaga aylana olmayapti. Qaysidir o'yin yaxshi chiqqan payt, ko'pchilik jamoa endi o'yinini topib oldi degan payt yana muvaffaqiyatsizliklar boshlanmoqda. O'tgan o'yinda ham jamoa futbol o'ynamadi. Uydagi bahsda jamoa nima uchun maydonga tushganini tushunmagandek taassurot qoldirdi. Bugun ham garchi ikkinchi bo'limda to'p nazorati "Qizilqum"da bo'lgan bo'lsada raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etilmadi. Gol esa rikoshet evaziga ko'proq tasodifan kiritildi. Javohir Ilyosov bugungi o'yinda seyv qilganini eslolmadim. Jamoaning bu darajada bo'sh o'ynashiga nima sabab bo'lmoqda? (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

- Ichki muhitda kamchilik va etishmovchiliklar mavjud. Jamoaning zaxirasi juda tor. Ko'rib turibsiz, bo'sh. Zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi yo'q. Balki faqat bir tarkib futbol o'ynayverganidan o'yinchilar ham o'z ustida ishlashni tashlab qo'ydimi. Selekciya ishlarida adashdik. Moliyaviy jihatdan qiynalgan paytimiz bo'ldi. Yil boshida ham, o'tgan mavsum oxirida ham. Qachongacha bularni yashirib kelaman. Mazkur jihatlar zo' tasirini bermoqda. Hozir ham futbolchi olib jamoani kuchaytira olmaymiz. Tarkibda 10 nafar futbolchi bor, 10 nafar! Nima qilib bo'lsa ham harakat qilyapmiz. Mana bugun yoshlardan o'ynatdik. Xudo xohlasa ular o'ynab ketishadi deb o'ylayman.

- Hujumdagi barcha yuk Elguja Grigalashvilining gardaniga tushmoqda. O'tgan mavsumdagi jamoa to'purari Artur Gevorkyanning yo'qligi yaqqol sezilmoqda. Avval Elguja bilan Gevorkyan o'zaro yaxshi tandemda o'ynashayotgandi. Bu yil esa hujumda Elguja yolg'izlanib qolmoqda. Raqib Grigalashvilini yopib qo'yishni uddalay olsa, unda "Qizilqum"ning hujumdagi ishlari nolga tenglashmoqda. Gevorkyanning ketishiga nima sabab bo'ldi? (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

-  Gevorkyanning ketishi? Futbolchilarning hayoti shunday. Uning shartlarini bajara olmadik. Arturga Indoneziyadan qulay taklif keldi va futbolchi o'sha erga ketdi. Hammasi moliyaviy tarafga bog'liq.

- Siz jamoa menejeri ham hisoblanasiz. Ko'p mutaxassislar ham avval ham aytishgan, muvaffaqiyatsizliklardan keyin hozir ham bu savol yana tug'ilmoqda: "Qizilqum" manfaatini ko'zlagan holda jamoaga yaxshi murabbiy olib kelib, menejerlik ishini davom ettirsangiz maqul emasmi? (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

- O'sha mutaxassislar menga aql o'rgatguncha kelib yordam bersinchi? Stol atrofida o'tirib gapiradigan, aql o'rgatadigan mutaxassislar kelib yordam bersin. Men bilan 3 kun yursin, futbolning qanday qiyinchiliklari borligini ko'rsin. Keyin kelib ishlaydi. O'zimni oldimda o'tirganlar 3 kun ishlolmay qochib ketadi. Hozir mard mutaxassislar bormi? Tayyor relslari qo'yilgan poezdga o'tirib haydab ketishni men ham bilaman. Necha yildan buyon g'ishtni qo'yaman. Noldan boshlaganman. Ikkinchi ligadan jamoani elitaga olib chiqqanman. Buni hech kim aytmaydi. Ozgina muammo bo'lib, jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchrasa meni murabbiy emas, menejerligimni eslaysizlar. Ko'chada yurgan zavodni futbolchilaridan jamoa yig'ib shu ergacha kelganman.  Ikkinchi ligaga murabbiy bo'ldim, birinchi ligaga va oliy ligaga. O'sha erdan boshlab davom ettirib kelyapman. Meni olimdagi maqsad chempionatda yaxshi qatnashish. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifa shu.

- Jamoaning hozirgi holati qoniqarlimi? (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

- Meni oldimga qo'yilgan vazifa bo'yicha, ha, qoniqarli. Men o'rtada, yani 6-5 o'ringa harakat qilaman.

- Necha yildan buyon jamoa deyarli bir xal tarkibda o'ynab kelmoqda. "Nasaf" yoki "Bunyodkor" misolida yoshlarga etibor qachon yo'lga qo'yiladi? (Otabek Eshmamatov, jurnalist)

- Hozirgacha bizlarning akademiyamiz yo'q edi. Bunga qadar biz iltimos qilib, futbolchi yollab olib kelib o'ynatardik. Bu yil esa O'FA talabi asosida viloyat futbol maktabi tashkil etildi. O'FA qaramog'idagi mazkur maktabda o'z ulishimizni qo'shdik. Akademiya birdaniga tashkil etilgani bilan mevasini bermaydi. Endi asta-sekin o'sha maktabdan o'sib chiqadigan yosh iqtidorlarni jalb etamiz. "Nasaf"ni misol qilib aytsak, ularda necha yildan buyon akademiya mavjud?

- O'n yil to'lmoqda (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

- Bizda esa hali 1 yil ham to'lgani yo'q. Yanvarda shartnoma imzoladik. Ularni ham infrastrukturasi endi tayyor bo'lmoqda. Bunga vaqt kerak.

- Hakamga etirozlaringiz yo'qmi? (Otabek Eshmamatov, jurnalist)

- Hakamga ham aytardim. O'zlaringiz ko'rib turibsizlarku. Sizlar esa buni aytmaysizlar. Men endi hakamlar haqida gapirishga o'rganib qoldim. Hozir bahona o'laroq qabul qilmanglar deb aytmagandim. Qisqa qilib aytganda, "Lokomotiv" hakamlar yordamiga muhtoj emas. "Loko" Osiyoda o'z nomiga ega klub, istagan jamoa bilan o'ynaydi. Necha yildan buyon chempion bo'lib keladi. Hakamlar esa o'rganib qolgan, chempion jamoaga simpatiya beraveradi. Hozir ham shuni gapirib o'tirgandim. O'rganib qolganda. 

- O'tgan gal ham hakamlar ustidan yozamiz deb aytgandingiz. To'xtasinov ustidan rasman shikoat yozildimi? (SHahboz Beg'amov, jurnalist)

- Bu haqida hali gaplashib ko'rganim yo'q. Etirozlarimizni ko'rsatdik. Rasman shikoyat yozib berilgan. Hozircha bizlarni chaqirgani yo'q. Nima bo'lganini bilmayman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика