Holand Zlatanni bolalikdagi kumiri, Balotellini esa eng yaxshi penaltichi deb atadi
15 okt 2022 19:27
Yangiliklar


Holand Zlatanni bolalikdagi kumiri, Balotellini esa eng yaxshi penaltichi deb atadi
- Bolaligingizda qaysi futbolchini yoqtirgansiz?
- Agar otam (Alf-Inge Holand)dan tashqari bo'lsa – Zlatan Ibragimovich.
- Eng yaxshi golingiz?
- Dortmundning "Borussii"siga qarshi o'yindagisi ajoyib, eng yaxshilaridan biri. "SHalke" va PSJ darvozasiga kiritilgan to'plar ham. "Borussiya" safida CHempionlar Ligasi doirasida PSJga urgan debyut golim eng yaxshisi bo'lsa kerak.
- Eng muhim penaltini kimga ishonib topshirgan bo'lardingiz?
- Men o'zimga ishonaman. O'zimdan tashqari bo'lsa, Mario Balotelli degan bo'lardim. U men ko'rgan eng yaxshi ijrochilardan biri edi. Demak, men yoki u.
- Siz kimsasiz oroldasiz. O'zingiz bilan qaysi uch odamni olib ketasiz?
– Kevin de Bryuyne – u doim menga juda yaxshi paslarni beradi (kuladi). Onam va otam. Ular menga g'amxo'rlik qilishlari va Norvegiya taomlarini tayyorlab berishlari kerak. SHu uch kishi", – dedi forvard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar