Holand ECHLda turli uch klubda debyut o'yinidayoq gol urdi
07 sen 2022 10:19
Yangiliklar
Holand ECHLda turli uch klubda debyut o'yinidayoq gol urdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand CHempionlar Ligasi 1-turida "Sevilya"ga qarshi kechgan bahsda o'z hisobiga dublni rasmiylashtirdi.
SHu tariqa, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi CHempionlar Ligasi tarixida turli uch klubda o'ynab, debyut o'yinida gol urgan to'rtinchi o'yinchiga aylandi. U avvalroq "Borussiya" Dortmund va "Zalcburg" uchun to'p kiritgan edi.
Ushbu natijaga erishgan futbolchilar orasida Fernando Morentes, Xaver Saviola va Zlatan Ibragimovichni ko'rish mumkin.
"Ramon Sanches Pisxuan" stadionida kechgan uchrashuv "shaharliklar"ning yirik 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoa uch ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.
Fikrlar