Holand "Borussiya" Dortmund futbolchilariga o'z imzosi tushirilgan futbolkalarni sovg'a qildi
29 okt 2022 13:18
Yangiliklar
Holand "Borussiya" Dortmund futbolchilariga o'z imzosi tushirilgan futbolkalarni sovg'a qildi
Norvegiyalik hujumchi Erling Holand o'zini shunchaki "gol urish mashinasi" deb hisoblashlarini istamaydi.
"Manchester Siti" hujumchisi insoniylik xislatini ko'rsatish imkoniyatini ham qo'ldan boy bermayapti – masalan, u sovg'alar berishni odat qilib oldi. Xususan, Holand "Manchester Siti"ga o'tishni tavsiga qilgan Manuel Akanjiga 14 000 evrolik Rolex soatini sovg'a qildi.
Erling kuni kecha boshqa soat kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi uning mahsulotlarini taqib yurish majburiyatini olgan. Germaniyaning "Bild" nashri xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si bilan o'yindan so'ng Holand o'z jamoadoshlarining futbolkalarini yig'ib chiqib, imzo qo'ygan va "Borussiya"ga sovg'a sifatida taqdim etgan – nafaqat futbolchilarga, balki klub xodimlariga ham.
Fikrlar