So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  5 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  1 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  12 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  28 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5

Hokimdan sovg'a sifatida mashina olgan hamda Toshkentdagi stadionda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Hokimdan sovg'a sifatida mashina olgan hamda Toshkentdagi stadionda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar

Teglar :  AndijonRubin Xebay
"Andijon" hujumchisi Rubin Xebay kecha "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

- Xebay 8 yoshidan yashil maydonda to'p tepishni boshlagan. Taip Piraniki uning ilk murabbiyi bo'lib, bo'lajak hujumchining 12 yoshiga qadar saboq bergan.

- Xebay O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan ilk albaniyalik futbolchi hisoblanadi.

- Xebay Albaniyaning 17, 19 va 21 yosh toifalaridagi terma jamoa safida ham harakat qilgan. SHu jumladan, 21 yosh toifasida Maltaga qarshi bahsda dublga erishgan.

- Xebay Albaniya va SHimoliy Makedoniya chempionatida g'olib bo'lgan.

- Hujumchi Transfermarkt tomonidan 450 ming evroga baholangan. Bu futbolchi faoliyatidagi eng yuqori qiymat hisoblanadi. Malumot uchun, Xebayning summasi "Andijon" klubiga qo'shilishidan avval 350 ming evroni tashkil etgan.

- "Andijon" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan hujumchining dastlabki tovon puli 500 ming evroga teng bo'lgan. 

- Xebayning OKMKga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun uning ota-onasi Toshkentga tashrif buyurgan. Rubin o'sha o'yinda gol urdi, biroq jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

- Xebay "Teuta" klubi safida Albaniya chempionati doirasidagi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Kukesi" darvozasini ishg'ol qiladi. G'alabadan mahrum bo'lgan raqib jamoa xodimlaridan biri esa goldan darg'azab bo'lib, zaxira o'rindig'i tom qismini urib sindirgan. Klub esa buning zararini qoplab berishga majbur bo'lgan.

- "Olimpik"ga qarshi O'zbekiston Superligasi uchrashuvidan keyin Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov albaniyalik forvardga avtomobil sovg'a qildi.

- Xebayning sevimli futbolchisi — Krishtianu Ronaldu.

- Xebayning sevimli klubi — tarkibida Krishtianu Ronaldu bo'lgan klub.

- Xebayning sevimli albaniyalik futbolchisi — Bekim Balyay.

- Futboldagi orzusi — terma jamoa azosi bo'lish.

- Uning yoqtirgan taomi — sazan balig'i.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика