So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  6

Hokim kubogi: “Qizilqum” navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

Hokim kubogi: “Qizilqum” navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi

Farg'onada “Hokim kubogi” turniri qizg'in davom etmoqda. Musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan “Qizilqum” futbolchilari uchinchi turda mezbonlarning “FarDU-Futbol-info” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Garchi, o'yinda svaiya bobida navoiyliklar raqibiga nisbatan sezilarli darajada ustunlik qilishgan bo'lsa-da, “talabalar”  ayrim vaziyatlarda konchilarga etarlicha tashvish tug'dirishga urinishdi. Dastlabki daqiqalarda katta tashabbusga ega bo'lgan “Qizilqum” vakillari chiroyli tarzda hisobni ochdilar. Mezbonlar himoyachisi jarima maydonchasi yaqinida hujumchi Alisher Xoliqovga nisbatan qo'pollik qildi. Darvozadan chamasi 18-20 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima to'pini Ilhom Yunusov qoyilmaqom qilib darvoza to'riga joylab qo'ydi - 1:0.

Oradan to'rt daqiqa o'tar-o'tmasdan mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritdi.

 Jarima maydonchasi ichida doimo hoziru nozir hujumchi Bahriddin Vahobov qulay imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozabonini dog'da qoldirdi. SHundan so'ng, “Qizilqum” jamoasi azolari bir muncha xotirjamlikka berilishdi. 19-daqiqada jarima maydonchasi ichida himoyachilarning palapartish harakati “talabalar”ning hisobni qisqartirishi bilan yakunlandi. Gol muallifi - Nodir Kamolov.

Tanaffusdan keyin uchrashuv shiddatli va hujumkor ruhda davom etgan bo'lsa-da, muxlislar atigi bir golga guvoh bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Vyacheslav SHevchenko jamoadoshining o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'llab, o'rtadagi farqni oshirdi - 3:1.

SHunday qilib, “Qizilqum” jamoasi Farg'onadagi turnirda erishgan g'alabalarini ikkitaga etkazib oldi. Bungacha Hamidjon Aktamov rahbarligida navoiyliklar “Cementchi” (Quvasoy) futbolchilari  bilan durang (0:0) o'ynab, “Neftchi-2” (Farg'ona) jamoasidan (2:1) ustun kelishgandi.

Hakamlar hujjatidan ko'chirma:

Hokim kubogi turniri

“V” guruhi, 3-tur

2016 yil 1 fevral

“Qizilqum” (Navoiy) - “FarDU-Futbol-Info” (Farg'ona) - 3:1 (2:1).

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Murodxon Azamjonov, Maruf Madvaliev (barchasi - Marg'ilon).

“QIZILQUM”: Artyom Makosin, Georgiy Kvesieshvili, Fayzulla Qambarov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov,  Otabek Narzullaev, Andrey Derkach, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Alisher Xoliqov, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: SHerali Jo'raev, G'ayrat Jumaev, Vyacheslav SHevchenko, Azizbek Usmonov.

“FarDU-Futbol-Info”: Faxriddin Mirzaqosimov, Mamur Qosimov, Rustam Abduhamidov, SHodiyor Hojimatov, Abdulla Mirzaev, Bobur Aminjonov, Akmali Rahimzoda, Nodir Kamolov, Hojimurod Nasriddinov, Xayrulla Madaminov, SHerdor Turonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zuhriddin Rahmatov, SHaxboz Abduraimov, Qahramon Mamadaliev, Abror Abdullaev, Mirzohid Egamberdiev, Usmon Soibov.

Gollar: Ilhom Yunusov (4), Bahriddin Vahobov (8), Nodir Kamolov (19), Vyacheslav SHevchenko (76).

Eslatib o'tamiz, guruh peshqadami nomiga oydinlik kiritib beruvchi uchrashuv 2 fevral kuni o'tkaziladi. Unda “Qo'qon-1912” - “Qizilqum” juftligi maydonga tushadi. Mazkur bahs Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 15.00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика