Hojimat Erkinov klubi bosh murabbiyi ishdan ketdi
18 avg 2022 11:38
Yangiliklar
Hojimat Erkinov klubi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Aleksandr Borodyuk "Torpedo" bosh murabbiyligidan ketdi.
Moskvaning "Torpedo futbol klubi" va Aleksandr Borodyuk kelishuvni bekor qilish borasida kelishuvga erishishdi.
Aleksandr Genrixovich Borodyuk "Torpedo" murabbiyi sifatida bundan oldin ham ishlagan (2013 yilning sentyabri – 2014 yilning iyuni, 2021 yilning marti – 2022 yilning avgusti). U jamoani ikki bor RPLga olib chiqqan – 2014 va 2022 yillar.
Borodyuk boshchiligidagi "qora-oqlar" o'tgan mavsum MFL (Milliy futbol liga)da g'olib bo'lishgan.
Aleksandr Borodyuk bilan birga uning assistenti, murabbiy Viktor Losev ham "Torpedo"ni tark etdi", – deyiladi Moskva klubi bayonotida.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoada O'zbekiston terma jamoasi azosi Hojimat Erkinov to'p tepadi. "Paxtakor" sobiq o'yinchisi klubga mavsum oldidan o'tgan edi.
Fikrlar