So’nggi yangiliklar

10:45Назорат учрашувлари. Бугун "Бунёдкор" "Андижон", "Бухоро" "Қизилқум" билан ўйнайди  0 10:14Дунёнинг 3 карра энг яхши футзалчиси: "Марказий Осиёда футзал йилдан-йилга ўсмоқда"  0 09:55Марсел Маркеш: "Ўзбекистон терма жамоаси тўпга яхши эгалик қилди. Терма жамоангизнинг жисмоний ҳолати жуда яхши"  2 09:30Қирғизистон ва Туркманистон мураббийлари ОКМК ФК базасида амалиёт ўташмоқда  1 08:59Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси бугун Вьетнам билан ўйнайди  2 08:26Хосе Венансио Лопес Бразилиядан учралган йирик ҳисобдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  6 07:35"Олимпик" мураббийи энди ўсмирлар терма жамоасида ишлайди  2 07:10Миллатлар лигаси. Қозоғистон - Норвегия, "Бауырлар"ни дарвоза устуни қутқарди  1 06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  1 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  5 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  2 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2

Hisob-kitob vaqti: A Seriya 35-tur yakunlari Yangiliklar

Hisob-kitob vaqti: A Seriya 35-tur yakunlari

"Yuventus" ECHLsiz qolishi mumkin, "Inter"dan chiroyli g'alaba va boshqa o'yinlar.


ECHL yo'llanmasi uchun kurashda "Yuventus" "Milan"ga imkoniyatni boy berdi

"Napoli" va "Atalanta" o'z o'yinlarida g'alaba qozongach, ushbu bellashuv qadrini yanada oshirdi. O'yin startidayoq jamoalar bittadan xavfli vaziyat yaratishdi. Avvaliga Kellini burchakdan uzatmadan keyin mo'ljalda adashdi, keyin esa birinchi bo'lim oxirida Teoning uzatmasidan Rebichning yo'llagan to'pini De Ligt qaytarib qoldi. SHundan so'ng o'yin keskin "tinchlandi". Har ikki klub akademik o'yin ko'rsatib, tavakkal qilishni istamasdi. SHunday bo'lsada, gol urildi. Braim Dias to'pni jarima maydoni burchagida egallab oldi, markazroqqa qarab biroz yurdi va ajoyib zarba bilan to'pni to'qqizlikka joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshida Bentankur Morataning tovoni bilan amalga oshirgan uzatmasidan keyin zo'r zarba berdi, lekin Donnarumma jamoasiga pand bermadi. Kellini Diasning zarbasini qo'li bilan qaytarganidan keyin "Milan" oradagi farqni ikkitaga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq Kessie SHensnini dog'da qoldira olmadi. Bunday holat "Yuventus"ni ruhlantirib yuborishi mumkin edi, lekin "keksa sinora" hujumdagi ishlari yurishmas va "rossoneri" darvozasi oldida vaziyat yarata olmasdi. "Milan" esa o'z golini baribir urdi, urganda ham chiroyli gol urdi. Rebich raqib posboni SHensni biroz oldinga chiqib ketganini sezdi va 30 metrlardan aylanma zarba bilan to'pni darvozaga tashlab qo'ydi. Oradan 4 daqiqa o'tib, barchasi amalda yakunlandi. Tomori boshi bilan jarima zarbasidan CHalxanoglu oshirgan to'pni darvozaga "mixlab" qo'ydi. O'yin so'nggida Dibala chiroyli zarbasi bilan hech bo'lmasa bitta gol urishi mumkin edi, ammo to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Natajada, "Yuventus" 5-o'rinda qolmoqda va ECHL yo'llanmasi uchun kurashda imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Endi hammasi ham turinliklarga bog'liq emas.


"Atalanta" "Parma"ni yirik hisobda engdi

"Parma" hozirdan A Seriyaga qaytish haqida bosh qotirayotgan bo'lsa ajab emas. "Atalanta" esa maydonga kurashish uchun tushgandi. Ko'p o'tmay jamoa harakatlari samara bera boshladi, Ilichich Malinovskiyga aniq uzatmani amalga oshirdi va Ruslan uzoq masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bir necha daqiqadan so'ng yana bir shedevr guvohiga aylanishimiz mumkin edi, Ilichich tovoni bilan to'pni Mexlega tashladi va uning qanotdan uzatmasidan keyin Sapata birgina urinishda zarba berdi, lekin to'p to'singa tegib qaytdi. "Parma" ham oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin tanaffusgacha hujumda umuman hech nima qila olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanganini anglatuvchi hushtakdan 7 daqiqa o'tgach, Muriel to'pni Pessinaga oshirdi, Matteo jarima maydonchasiga kirdi va aniq zarba bilan darvozaning pastki burchagini nishonga oldi. "Parma" o'yinida ko'plab xatolar ko'zga tashalanar va mehmonlar bundan faol tarzda foydalanardi. Pashalich uzoq masofadan, deyarli himoya chizig'idan to'pni qabul qilib, zarba berish o'rniga raqiblar etiboridan chetda qolgan Murielga etkazdi, Luis imkoniyatni qo'ldan boy bermadi. Javob hujumida endi "Parma" gol urishga erishdi. Brunetto gol muallifi. O'yin so'nggi ham ancha qizg'in o'tdi. Pessina qulay imkoniyatdan darvoza ustunini nishonga oldi, lekin Muriel yaqin masofadan bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'llab, ishni yakunlab qo'ydi. Oradan yana 2 daqiqa o'tib, "Parma" hali ham taslim bo'lmaganini ko'rsatib qo'ydi. Pelledan uzatmani qabul qilib olgan Nzom oradagi farqni qisqartirdi. Biroq yakuniy nuqtani baribir "bergamoliklar" qo'yishdi. Pashalich raqib posboni Sepe bilan yaqinlashib keldi va zarba berdi, qaytgan to'pga esa birinchi bo'lib Miranchuk etib keldi va o'z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo'ydi.


"Napoli" "Speciya"ni tor-mor qildi

Birinchi davrada "Speciya" kutilmaganda "Napoli"ni mag'lub etgandi (2-1). SHu sababli ham neapolliklar ushbu o'yinga ikki barobar ishtiyoq bilan yo'l olishgandi. Osimxen 3-daqiqadayoq xavfli zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi. Oradan yana 9 daqiqa o'tib, to'p baribir darvoza to'pidan joy oldi. Politano nozik uzatma bilan Di Lorenconi oldinga chorladi va u jarima maydonidagi Zelinskini ko'rdi, Pyotr esa qarshiliksiz hisobni ochishga erishdi. "Speciya" oldinga tashlandi, bu esa "Napoli" uchun ayni muddao edi. Zelinski chamasi 40 metrlar masofaga uzatmani amalga oshirdi, Osimxen esa avvaliga himoyachilardan qochib ketdi, keyin darvozabonni ham dog'da qoldirdi. O'yindan tashqari holatni yuzaga keltirish uchun "Speciya" himoyachilarining harakatlari samara bermasdi. Taym so'nggida, aniqrog'i 44-daqiqa Insine to'pni yana usha Osimxenga etkazdi va Viktor mavsumdagi 10-golini urdi.

Tanaffusdan so'ng "Napoli" bosimni davom ettirdi. Politanoda qulay imkoniyat yuzaga keldi, lekin mo'ljalda adashdi. "Speciya" esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Mehmonlar kiperi Estevasning zarbasini qaytardi, ammo qaytgan to'pni Pikkoli bir metr masofadan to'rga yo'lladi. "Speciya" goldan ilhomlanib, yana oldinga borishga urindi, ammo "Napoli" himoyasi boshqa xatoga yo'l qo'ymadi. Qanotdan oldinga o'tgan Osimxen bu safar assistent rolida xizmat qildi va to'pni qizg'anmay, Lozanoga uzatdi, Irving esa yaqin masofadan zarbada adashmadi. Gattuzo jamoasining ajoyib g'alabasi va "Napoli" hamon ECHL zonasida qolmoqda. 


"Inter" chempionligini o'ziga xos tarzda nishonladi 

"Neradzurri" avvalgi turda "Atalanta" uchrashuvini televizor orqali tomosha qilib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu o'yinga esa jamoa chempion sifatida tushib keldi va chiroyli o'yin ko'rsata oldi. Yang 4-daqiqada qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Galyardini birinchi urinishdayoq to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Ko'p o'tmay, Galyardini nafaqat sheriklariga yaratib bergan imkoniyatdan foydalanishi, balki o'zi ham sheriklari uchun imkon yarata olishini ko'rsatib qo'ydi. Roberto to'pni jarima maydonigacha etkazdi va Sanchesga uzatdi, chililik birinchi harakati bilan to'pni to'xtatdi, ikkinchisi bilan darvoza burchagini mo'ljalga oldi. Ko'p o'tmay "Sampdoriya" bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Balde Keyta yaqin masofadan to'pni darvoza to'sini ostidan to'rga yo'lladi. Biroq keyingi daqiqadayoq Xakimi qanotdan qushday uchib o'tdi va Aleksis Sanchesni to'p bilan taminladi, tajribali futbolchi bu safar ham sovuqqonlik namoyish etdi. 

Tanaffusdan keyin ham "Inter" ancha dadil o'yin ko'rsatdi. Misol uchnu himoyachi Ranokkya chalqancha uslubda zarba yo'llagandi, lekin darvozabon jamoasini qutqardi. Aks holda mavsumning eng chiroyli gollaridan biriga guvoh bo'lardik. "Sampdoriya" himoyasida juda jiddiy muammolar borligi yaqqol ko'rinib qoldi. Lautaro va Barella kombinaciyasi Nikolaning to'pni Pinamontiga oshirishi bilan yakunlandi. Andrea Pinamonti esa to'pni to'xtatib, keyingi harakati bilan "Inter" safida A Seriyadagi birinchi golini rasmiylashtirdi. Bundan keyin ham Konte shogirdlari to'xtashmadi va penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi, nuqtaga Lautaro yaqinlashdi va navbatdagi golni yozdirib qo'ydi. "Inter" muxlislari bu qadar yorqin o'yindan mamnun bo'lganliklari aniq, o'z navbatida "Sampdoriya" ishqibozlari ham u qadar xafa bo'lmasliklari mumkin, sababi asosiy vazifa ancha oldin bajarib qo'yilgan.

SHuningdek, "Roma" "Krotone"ga imkon qoldirmadi, "Jenoa" "Sassuolo"dan engildi, "Benevento" "Kalyari"ga yutqazib qo'ydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика