Hislat Umarov: "Neftgazmontaj" chempionlik uchun oxirigacha kurashadi"
07 sen 2021 18:40
Yangiliklar


Hislat Umarov: "Neftgazmontaj" chempionlik uchun oxirigacha kurashadi"
Birinchi liga ishtirokchisi "Neftgazmontaj" klubi darvozaboni Hislat Umarov ortda qolgan uchrashuv va chempionlik yo'lidagi kurash haqida fikr bildirdi.
"CHig'atoy"ga qarshi uchrashuv oson bo'lmasligi aniq edi. Xabaringiz bor, ushbu jamoa bilan so'nggi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan edik. Buni butun jamoa azolari va murabbiylar shtabi his qilgan holda tayyorgarlik ko'rdik. Xudoga shukur muhim uch ochkoga ega chiqdik.
O'ylashimcha, ruhiy o'radan chiqib oldik. Ketma-ket mag'lubiyatlar tushkunlikka tushirib qo'yishi aniq. To'g'ri xulosa chiqarib tayyorgarlik ko'rdik. Ko'rib turganingizdek, natija yaxshi bo'lmoqda.
Turnir jadvalida kurash qizg'in ketyapti. Barcha 4ta jamoada chempionlik uchun imkoniyat bor. Biz ham oxirigacha kurashamiz. Natija allohdan",- deydi Hislat Umarov.
O’xshash yangiliklar
16:03
Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani) 7

Fikrlar